|
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi demokratik davlatning barpo etilishi Reja
|
bet | 4/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 30,9 Kb. | | #155890 |
Bog'liq 24 mavzuVazirlar Mahkamasi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi.
Milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyatVazirlar Mahkamasi tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi vazirliklari
Adliya vazirligi
Ichki ishlar vazirligi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Moliya vazirligi
Mudofaa vazirligi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Sog’liqni saqlash vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
Iqtisodiyot vazirligi
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
|
| |