|
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
|
bet | 3/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 30,9 Kb. | | #155890 |
Bog'liq 24 mavzuO’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1991-yil 26-sentabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi.
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo’lgan XI sessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.
Oliy Majlis. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
|
| |