|
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi demokratik davlatning barpo etilishi Reja
|
bet | 7/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 30,9 Kb. | | #155890 |
Bog'liq 24 mavzuSaylov tizim. O’zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991-yil 18-noyabrda "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida", 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida" va 1994-yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to’lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O’zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi mustahkamlab qo’yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo’lmagan fuqaro O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to’lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to’lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas.
Ommaviy axborot vositalari. Demokratik institutlarning muhim tarmog’i bo’lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. 2004-yilda Respublika ommaviy axborot vositalari tizimida 609 nomda gazeta va 162 nomda jurnal chop etildi, 3 axborot agentligi, 50 dan ortiq teleradiokompaniya va studiyalar ishladi. Jurnalistlarning erkin ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo’lida xizmat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar ularni "to’rtinchi hokimiyat" darajasida faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashmoqda.
2014-yilga kelib mamlakatimizda ommaviy axborot bositalari soni 1991-yilga nisbatan 3,5 barobar, shu jumladan, gazetalar 2,5 marta, jurnallar esa 3,5 karra ko’paydi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishida ham namoyon bo’lmoqda.
Mustakillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan: "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" (1991-yil 15-fevral), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998-yil, yangi tahriri), "Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to’g’risida" (1992-yil 2-iyul), "Siyosiy partiyalar to’g’risida" (1996-yil,dekabr)gi qonunlar shular jumlasidandir.
O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.
|
| |