|
O’zbekiston Respublikasi davlat qo’mitalari
|
bet | 5/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 30,9 Kb. | | #155890 |
Bog'liq 24 mavzuO’zbekiston Respublikasi davlat qo’mitalari
Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
Davlat bojxona qo’mitasi
Davlat geologiya va mineral resurslari qo’mitasi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo’yicha davlat qo’mitasi
Davlat soliq qo’mitasi
Davlat statistika qo’mitasi
Davlat mulk qo’mitasi
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi
O’zbekiston Respublikasi agentliklari
“O’zkommunxizmat agentligi
O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi
Aloqa va axborotlashtirish agentligi
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi
“O’zarxiv” agentligi
Sud hokimiyati. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993-yil 2sentabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha foqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi: O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan iboratdir.
Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. To’g’ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko’pchilikka bo’ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda.
O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyat va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi.
Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o’ziga bog’liq bo’lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o’rni uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
Mahalla. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilgan "Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’tkaziladigan bo’ldi. Fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001-yil may-iyun oylarida bo’lib o’tgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylovlarda 7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning maslahatchilari o’z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat mablag’lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylandi.
|
| |