Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari




Download 100,36 Kb.
bet2/5
Sana27.09.2024
Hajmi100,36 Kb.
#272693
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari

Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga xarakatlar buldi. Asosiy maksad sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirish deb aytildi. SSSRda saylov tizimini o‘zgartirshi to‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) qabul qilindi. Markaz o‘z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda "O‘zbek ishi», «Paxta ishi» kabi uydirmalarni o‘ylab topdi. 1984-1990 yillarda 30-50-yillarida sodir bo‘lgan qatag‘onlardan kam bo‘lmagan bedodliklar yuz berdi. Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh respublikalarda milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo‘yildi.

XX asrning 80-yillari oxirida “O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida o`zgarish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bo`la boshladilar. o`zbek xalqining dilidagi g’oya-mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko`tarib chiqdi Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi. I.Karimov xalq xoxish-irodasini bajarib, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xayotning barcha sohalarida o`zbek tili to`la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo`ldi.

90-yillarning boshlariga kelib O`zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo`lib qoldi Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, “Zo`rovonlikka asoslangan, ma‘muriy-buyruq bozlikka xos bo`lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladi mi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta‘minlanadimi degan masala dolzarb bo`lib qoldi Ikkinchi tomondan, o`shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to`g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tabora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. 1990 yil boshida O`zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko`tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlar aro va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko`maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o`tishni bildirar edi.


Download 100,36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 100,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari

Download 100,36 Kb.