Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari




Download 100,36 Kb.
bet3/5
Sana27.09.2024
Hajmi100,36 Kb.
#272693
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari

Alohida shuni ta‘kidlash kerakki, o`sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini ximoya qiluvchi barcha muassasalarini nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Shu ob‘ektiv holatni xisobga olib, 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O`zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta‘sis etish to`g’risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’anievich Karimovni O`zbekistonning Prezidenti etib saylash to`g’risida qaror qabul qildi O`zbekistonda Prezident lavozimining ta‘sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo`yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.

O`zbekistonning mustaqillika erishishda qo`yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo`yildi. Sessiyada O`zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi va uning kirish qismida qo`yidagicha yozib qo`yildi: “O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o`zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari, har bir millatning taqdirini o`zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O`zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur xis etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi,”. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.

O`zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam quyaverdi. 1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o`tkazildi. Referendumda O`zbekiston xalqining mutloq ko`pchiligi O`zbekistonni mustaqil respublika sifatida qo`rish xoxishi borligi namoyon bo`ldi. O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15 fevralida O`zbekiston Oliy Kengashi “O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida” maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O`zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining “O`zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa buysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni O`zbekistonning huquqiy tobeligiga o`tkazish” to`g’risidagi qarori, O`zbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir.


Download 100,36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 100,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari

Download 100,36 Kb.