|
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari
|
bet | 4/5 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 100,36 Kb. | | #272693 |
Bog'liq Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat suverenitetini mustahkamlash harakatlari Hindiston safaridan qaytgan O`zbekiston Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo`lgan uchrashuvda qat‘iyatlik bilan O`zbekiston nuqtai nazarini ma‘lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo`lgan har qanday ko`rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O`zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O`zbekiston SSR Prezidenti xo`zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O`zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo`lidaboraveradi, deb ko`rsatildi. o`shakuni O`zbekiston Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O`zbekistonning mustaqilligiga erishish yo`li qat‘iy ekaniligini yana bir bor alohida o`qtirdi. Shunday og’ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to`g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O`zbekiston davlat mustaqilligi to`g’risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi. 1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida” qaror qabul qildi, tegishli Bayonot bilan chiqdi va “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g’risida”gi Qonunni tasdiqladi. “ O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‘lon qilish to`g’risida”gi qarorda “1 sentabr‘ O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‘lon qilinsin”, - deb qat‘iy belgilab qo`yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari o`shaldi, ruyobga chiqdi uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo haritasida yana bitta mustaqil davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, xalqimiz uchun taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
|
| |