|
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu urganch filiali
|
bet | 3/10 | Sana | 25.07.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #268591 |
Bog'liq Avezov SherzodBritaniya Standartlar Instituti (British Standard Institution), aqlli shaharni quyidagicha ta’riflaydi “fuqarolar uchun barqaror, farovon va inklyuziv kelajakni ta’minlash uchun qurilgan muhitda jismoniy, raqamli va insoniy tizimlarning samarali integratsiyasi” AKT shahar xizmatlari sifati, mahsuldorligi va interaktivligini oshirish, xarajatlar va resurslar sarfini kamaytirish, shahar aholisi va davlat o‘rtasidagi aloqani yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Aqilli shahar standartlari Aqlli shahar texnologiyasini qo‘llash shahar oqimlarini boshqarishni yaxshilash va murakkab muammolarga tezkor javob berish uchun ishlab chiqilmoqda. Shunday ekan, “aqlli shahar” fuqarolar bilan oddiy “operativ” munosabatlardan ko‘ra muammolarni hal qilishga ko‘proq tayyor. Biroq, atamaning o‘zi, o‘ziga xosligi bilan noaniq bo‘lib qolmoqda va shuning uchun ko‘plab sharhlar va munozaralarga duchor bo‘lib kelmoqda. Aqilli shahar xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Mobillik;
- Hayot sifati;
- Urbanizatsiya;
- Aqilli texnologiyalar;
- Shaxslashtirish;
- Infratuzilmani modernizatsiya qilish;
- Virtuallashtirish;
- Ijtimoiylashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 48-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha 2019- 2030 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, ular to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (2019-2021 yillar) – “aqlli” shaharni barpo etishning asosiy yondashuvlarini belgilash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - hududiy profilni shakllantirish;
- mavjud infratuzilmani baholash;
- rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
Ikkinchi bosqich (2022-2024) – bu aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish: - manfaatdor tomonlarning ishtiroki;
- faoliyat yo‘nalishlari va rejalarini belgilash;
- xavf-xatarni baholash;
- moliyaviy strategiyani shakllantirish;
- asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari va maqsadlarini aniqlash.
|
| |