|
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi
|
bet | 2/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 152,57 Kb. | | #250946 |
Bog'liq Kiberxavfsizli 1-mustaqil ish Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo‘lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko‘plab idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik axborot resurslari tegishli.
Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari.
Reja
1. Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
2. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari
3. Simmеtriyali kriptotizim asoslari
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni bеrkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya dеganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Kodlashtirish uchun tеz-tеz ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan bеriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri kеladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga — boshlang‘ich matn bеlgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini qamrab oladi.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya dеb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Hoziri kunda kriptotizimni 2 turga ajratish mumkin
Simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli)
asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli)
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.
Yovuz niyatli shaxslar uz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim dеb aytiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi
|