Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. 
Umuman olganda, kitobni to‘g’ri tanlash sinfdan tashqari o‘qish 
muvaffaqiyatini ta'minlashning muhim shartidir. 
Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik shakllari. STO‘ga rahbarlikning 
asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslaridir. Bunday darslar erkin 
dars hisoblanadi. STO‘ darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim 
doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati 
rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko‘nikma va malakalar shakllanadi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning faolligini oshirishga 
qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo‘ladi Har bir dars 
o‘qituvchi va o‘quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, 
hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi. 
Shularga qaramay, STO‘ darslari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga 
oshirishi uchun ma'lum talablarga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardir: 
1. Har bir darsda o‘quvchilar o‘qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. 
Ular o‘qigan va o‘qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko‘rsatadilar, ikki-uch 
o‘quvchi o‘zlari o‘qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o‘zaro fikr 
almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari vaqtda ham davom etishi 
mumkin). 
2. Har bir darsda o‘qish uchun yangi kitob (asar)lartavsiya qilinadi. Tavsiya 
qilish shakllari turlicha bo‘lib, ular fikr almashuv, kitobni ko‘rsatish, sinfda 


288 
ko‘rgazma tashkil etish, o‘quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan 
kitobdan biror parchani o‘qib berish, rasmlarni ko‘rsatish yoki film namoyish 
etishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
3. Har bir darsda o‘quvchilarga asarni yaxlit holda o‘qitish mumkin. Agar 
asar hajmi kattaroq bo‘lsa, bu ish ikkiuch dars davomida amalga oshiriladi. 
Bunda o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o‘qib 
berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o‘qishdan ham, she'r yodlashdan ham, 
rollarga bo‘lib o‘qishdan ham foydalaniladi. 
4. Har bir darsda o‘qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari 
amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun, ”Senga asardagi nimalar 
yoqdi?”, “Kitob haqida sen nimalar ayta olasan?” kabi savollar beriladi va 
o‘quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta hikoyalash malakalari 
shakllantiriladi. 
5. Har bir darsda ma'lum bir yangi kitobxonlik ko‘nikmasi hosil qilinadi: 
muallif haqida ma'lumotlar to‘plash, kitob nomiga qarab u nima haqida 
ekanligini aytish, o‘qilgan asarlar yuzasidan ko‘rgazmalar tayyorlash, asarga 
taqriz yozish, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish kabi ishlar 
amalga oshiriladi. 
6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o‘qish darslarida 
qo‘llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi. 
7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, 
yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko‘rgazma ham, albom 
tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. 
Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mavjud 
bo‘lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta'minlaydi, 
STO‘ darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi: 

Download 5,58 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish