• Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash tamoyillari.
  • 1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi.
  • 2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilmaxilligi etiborga olinadi.
  • 3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
  • 4. Kitob tanlashda o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o‘qishi hisobga olinadi.
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    ,,Ifodali o‘qish tanlovi” o‘tkaziladi. 
    Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o‘quvchilar faol kitobxon uchun 
    zarur bo‘lgan yaxshi o‘qish ko‘nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, 
    ularning kitob hamda mustaqil o‘qishni yaxshi ko‘rishlariga erishish juda 
    muhimdir. 
    Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash tamoyillari. Metodikaning 
    vazifalaridan biri STO‘ uchun kitoblar tanlash, o‘qiladigan adabiyotlar 
    ro‘yxatini tavsiya qilish, yillik o‘quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab 
    chiqishdir. 
    Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal 
    qilinadi: 
    1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi. Bunda 
    o‘quvchilarga vatanimiz o‘tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq qahramonlari, 
    xalq turmushi haqidagi, oilada, maktabda va jamoat joylarida o‘zaro 
    munosabatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolar haqidagi, tabiat va uni 
    asrab-avaylash haqidagi kitoblar tavsiya etiladi. 
    2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilmaxilligi e'tiborga 
    olinadi. Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she'rlar, 
    topishmoqlar, maqollarni o‘qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar 
    tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


    287 
    3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 
    1sinfda kichik hikoya va ertaklarni o‘qish tavsiya etilsa, 2—4sinflarda mavzular 
    doirasi kengaytirilib, kundalik turmushda ro‘y berayotgan turli voqealar 
    tasvirlangan asarlar, gazeta va jurnallardagi kichik hajmli xabarlarni o‘qish ham 
    tavsiya etilishi mumkin. 
    4. Kitob tanlashda o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil 
    o‘qishi hisobga olinadi. Bunda o‘quvchilar o‘ziga qiziqarli bo‘lgan o‘zbek va 
    xorijiy bolalar adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o‘zi tanlashi muhim 
    ahamiyatga ega. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish