• 1. Tayyorlov bosqichi.
  • 2. Boshlang’ich bosqich.
  • 3. Asosiy bosqich.
  • ,,Ertaklar bayrami”
  • Boshlang’ich maktabda kitobxon o‘quvchilarni shakllantirish




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    9.2.Boshlang’ich maktabda kitobxon o‘quvchilarni shakllantirish 
    bosqichlari
     


    285 
    STO‘ darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish malakalarini 
    shakllantiradi. Mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo‘linadi: 
    1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g’ri keladi. 
    Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STO‘ 
    mashg’uloti" deb yuritiladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, o‘qituvchi 
    asarni o‘zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo‘lishiga va boshqa kitob tanlash 
    tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o‘qituvchining o‘zi o‘qib beradi. 
    O‘quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina 
    baho berishga, asar mazmimi bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar 
    mazmunini hikoya qilib berishga o‘rgatiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qish 
    gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo‘lish bilan tanishadilar. 
    2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1sinfning 2yarim yilligiga to‘g’ri keladi. Bu 
    bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o‘qishdan 
    oldin o‘quvchilar asar, nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini 
    tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifi va nomini 
    yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi 
    o‘qiydigan o‘quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so‘ng o‘qitiladi. Asarning oson 
    o‘qiladigan o‘rinlarini bo‘sh o‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitish ham mumkin. Bu 
    ularda o‘qishga qiziqish uyg’otadi. Bu bosqichda o‘quvchilar har xil tezlikda 
    bo‘g’inlab o‘qiydilar. Shuning uchun o‘qituvchi bu jarayonda har bir o‘quvchiga 
    individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o‘qishga o‘rgata 
    borishi lozim. 
    3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2—4sinflarga to‘g’ri keladi. Bu davrda 
    o‘quvchilarning o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning 
    sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga 
    asoslaniladi: o‘qigan kitoblarining sifat o‘zlashtirishiga, miqdoriga, o‘qigan 
    kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o‘quvchilar muayyan 
    mavzuga doir bir necha asarlarni o‘qib keladilar, ularning ayrim o‘rinlarini 
    ifodali o‘qib beradilar, o‘qigan asarlarini o‘zaro taqqoslaydilar. 


    286 
    STO‘ning 
    bosqichlari, 
    dastur 
    talablari, 
    tarbiyaviy 
    vazifalari 
    o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida 
    kichik hajmdagi asarni o‘qituvchi o‘qib bersa, o‘qilganlar yuzasidan suhbat, 
    qayta hikoyalash o‘tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o‘quvchilari bir 
    xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o‘quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. 
    Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. 
    Asar ichda o‘qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va 
    diafilmlardan parchalar ko‘rsatilishi, musiqiy daqiqalar o‘tkazilishi hamda asar 
    mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda 
    kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o‘rash o‘rgatiladi, ,,Ertaklar bayrami”, 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich maktabda kitobxon o‘quvchilarni shakllantirish

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish