-2 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

1-2 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda 
integratsion yondashuv. 
Ma‘lumki, o‘qitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan 
uzviy bog’liq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, tarbiya ta‘lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga 
oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha 
jihatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigienik, huquqiy, jismoniy 
tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog’liqligini ta‘minlaydi. Integrativ 
ta‘lim jarayonida o‘quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, 
tabiat, jamiyat va insonlarning o‘zaro munosabatlari haqida har tomonlama 
bilimlarga ega bo‘lib kamol topadi. Tabiat go‘zalligini his qila olish, undan 
zavqlanish, e‘zozlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ta‘limning globallashuvi 
sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‘llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo 
uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy 
tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‘quv predmetlararo 
munosabatlarning murakkab jihatlarini to‘liq o‘zlashtirilishini ta‘minlab, 
bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar 


293 
ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi. O‘quv jarayonida 
fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga kuchli ta‘sir 
ko‘rsatib: 
- ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini 
kengaytirish imkonini beradi; 
- fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan 
o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina 
qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam beradi. 
- fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv 
tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. 
Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro 
aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu 
muammolar yechimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta‘lim 
mazmunida inson va uning dunyoga bo‘lgan munosabati: ―inson va tabiat‖, 
―inson va jamiyat‖, ―inson va inson‖, ―inson va texnika‖, ―tabiat-inson-
texnika-atrof-muhit‖ muammosi tobora markaziy o‘rin egallamoqda. Tabiatni 
o‘rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o‘rganib bo‘lmaydi. Uni bog’cha, 
maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o‘rganmoq zarur. Tabiiy fanlar 
ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni 
o‘rganuvchi turli o‘quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks 
ettirmog’i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi 
o‘zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o‘ziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid 
bilimlar va insonparvar yo‘nalishlar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning 
tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning 
ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi. Aynan uzviylik asosida tashkil 
etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini o‘rganish, tinchlik 
uchun kurash bo‘yicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy 
fanlarning o‘rnini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu 
barcha maktab o‘quv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy 
bilimlar 
o‘rtasidagi o‘zaro nisbatning uzviylik asosida o‘zgarishiga 


294 
(keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil 
etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning 
asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini atrofimizdagi olam, ya’ni tabiatshunoslik 
fani bilan uzviylikda o‘tish, kichik yoshdagi o‘quvchilar ongida o‘qiyotgan asar 
matnini real tasvirlash va ongli tushunib yetish imkonini beradi. 
Yangi didaktik tizimni ishlab chiqishda dunyoni yaxlit idrok etish, tizimli 
tafakkur va «tabiat – inson» tizimini aksiologik jihatdan baholash dastlabki 
ko‘zda tutilgan maqsad bo‘lib hisoblanadi. Bunday yondashuvda o‘qitishdagi 
ilmiylik tamoyili butunlay yangicha sifat kasb etadi. Ilmiylik mezonlarida 
zamonaviy ilmiy uslubda fikrlashning bilimlar oldidagi shubhasiz ustunligi 
hisobga olinadi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-2 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish