295
Har bir o‘quv predmetini o‘qitishni individuallashtirish orqali amalga
oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi. O‘qitish shakillarini individuallashtirish
bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi. Individuallashgan ta‘lim-o‘quv
jarayoni sifat va samardorligni ta‘minlaydi. Individuallashgan ta‘limda
ko‘nikma, malaka, bilim olish o‘quvchining qiziqishi asosida kechadi.
Mustaqil
ishlay
olish
o‘quvchining umumo‘quv ko‘nikmasiniü
rivojlantiriadi, taraqqiy ettiradi. Demak individuallashgan ta‘lim, ta‘limning sifat
va samardorligni belgilaydi. O‘quv mazmunini o‘zlashtirishda, o‘quvchining
mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va
tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Bu esa ta‘limda interfaol metodlarnining
qo‘llanishiga bog’liq.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini integratsiyalashda
quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- har bir darsda nazariy ma’lumotlarni berishga qaratilgan har qanday usul,
albatta, ta’limiy maqsadni ro‘yob chiqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
- fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo‘shimcha material o‘tiladigan mavzu
bilan bog’lanishi shart;
- sinf o‘quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo‘llarini
aniqlash mumkin;
- dars faqat ta’limiy bo‘lib
qolmasdan, o‘quvchilarni insoniylik jihatlarini
tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak;
- dars mavzusining mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson
tafakkuri, taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv respublikamiz kelajagiga
ishonch va e’tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
Umuman olganda, fanlarni integratsiyalashda mavzulardagi mazmun bir-
biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Ulug’ didaktik olim Yan Amos Komenskiyning ta’kidlashicha: “Bir-biri
bilan bog’liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”.
Mashhur pedagog D. Lokk g’oyasiga ko‘ra: “Ta’lim
mazmunining
aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to‘ldirilishi
296
lozim”. I.V.Pestalossi o‘zining didaktik maqolasida o‘quv darsliklaridagi
bog’liqlik masalasiga keng to‘xtalib o‘tar ekan: “Bir-biri bilan bog’liq fanlarni
ko‘z oldiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla”, -
deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini
ta’kidlaydi.
Fanlararo bog’liqlik nazariyasining ishlab chiqishda K.D.Ushenskiy juda
katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘tmish pedagogikasida didaktik ta’sirining
ruhiy-
pedagogik xususiyati hamda psixologik-pedagogik bog’liqlik to‘g’risida
K.D.Ushenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan
bilim va g’oya dunyo va hayotga keng nigoh bilan qaray olish holatida berilishi
lozim”.
Boshlang’ich sinflar ta’limi jarayonida fanlarni integratsiyalash nazariy va
amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lib, yangi
ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fanlar
rivoji va respublikamizdagi ta’lim sohasidagi islohotlar, ishlab chiqarishdagi
ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi
vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya
berish tizimi yuqori
darajada fan asoslarini o‘rnatishga, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur
qilishga, jamiyatimizda bo‘layotgan voqealarni to‘g’ri anglashga, ularning
mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Maktab umumta'lim fanlarini tarqoq holda o‘rgatish, ularni bir-biriga uzviy
bog’lab o‘tmaslik o‘quvchilar bilimini mukammal bo‘lishi va butun borliqni bir
butun holda tushunib yetishiga to‘sqinlik qilib, o‘quvchilarda fan mavzularini
anglashga qiyinlik qiladi.
Olimlarimizning fikricha, integrasiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va
ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bunday tushuncha ta’lim tizimida
fanlararo uzviylik va bog’liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini
yuzaga keltiradi. Ta’lim tizimiga integrasiyani kiritish
maktab va jamoatchilik
o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita
bo‘lishi mumkin.