• O‘rnatishga tayyorgarlik. Bu holda « toza » qattiq
  • 9.3. Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish
  • Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish.
    Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash 
    barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish 
    davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini 
    qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi, 
    muammolar yo‘q bo‘ladi.
    Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday 
    usul da ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini 
    (mas ter ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydala-
    nuvchi qatnash maydi va joriy operatsion muhitning doirasida 
    amalga oshiriladi.
    O‘rnatishga tayyorgarlik. 
    Bu holda
     «
    toza
    » 
    qattiq
     
    diskka 
    o‘rnatish kompyuterni yuklovchi kompakt-diskdan yuklash bilan 
    boshlanadi (masalan, Windows XPning distributiv kompakt-diski 
    yuklovchi hisoblanadi).
    Distributiv kompakt-diskda mavjud bo‘lgan Setup dasturi 
    o‘rna tishni boshlash uchun xizmat qiladi. Agar yuklanish kom-
    pakt-diskdan bajarilsa, bu dastur avtomatik yuklanishi mumkin. 
    Xuddi shunday holat Windowsning oldingi versiyalaridan birini 
    yangilashda bo‘ladi: CD-ROM jamlagichiga kompakt-diskning 
    qo‘yilishi bilan o‘rnatish dasturi avtomatik ishga tushirish vosi-
    tasi yordamida yuklanadi.
    Agar avtomatik yuklash vositasi o‘chirilgan yoki ishlatish 
    mumkin bo‘lmasa, o‘rnatish dasturini distributiv kompakt-
    diskning o‘zak katalogidan topish va mustaqil ravishda ishga 
    tushirish kerak.
    9.3. Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish
    Ko‘p foydalanuvchilar operatsion tizimni o‘rnatishning 
    o‘ziga xos usullarini afzal ko‘radilar. Ular dastlab distributiv 
    kompakt-diskning tarkibidagi barcha ma’lumotlarni qattiq diskga 
    nusxa ko‘chiradilar. So‘ngra ular o‘rnatishni kompakt diskdan 


    159
    emas, balki qattiq diskka ko‘chirilgan nusxadan bajaradilar. 
    O‘rnatishning bunday usuli muhim xususiyatlarga ega.
    Nusxa olish jarayonida axborot tashuvchining o‘qish 
    xususiyati avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar ma’lumotlar 
    qattiq diskka muvaffa 
    qiyatli ko‘chirilgan bo‘lsa, ularning 
    keyingi o‘qilishiga ishonch hosil qilish mumkin. Agar ba’zi bir 
    sabablarga ko‘ra distributiv axborot tashuvchi barqaror ishlab 
    chiqarilmasa, bu holat juda muhimdir.
    Qattiq diskdan o‘rnatish CD-ROM jamlagichdan o‘rnatishga 
    nis batan ancha tez bo‘ladi. Agar keyinchalik distributiv kompakt-
    diskdan o‘rnatishga zaruriyat tug‘ilsa, har doim qattiq diskdagi 
    nusxasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu drayverlarni 
    o‘rnatish, operatsion tizimning komponentlarini qo‘shish yoki 
    olib tashlash, muhim bo‘lgan sozlash kalitlarini almashtirish 
    jarayonini osonlashtiradi.
    Agar tizimning dastlabki yuklanishi tizimli yumshoq diskdan 
    bajarilgan bo‘lsa, operatsion tizim o‘rnatilgandan so‘ng CD-
    ROM jamlagichining harfli belgilanishi o‘zgaradi. Shuning uchun 
    distributiv kompakt-diskka keyingi murojaat qilinganda har doim 
    manbaning qaerda joylashganiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. 
    Qattiq diskdan o‘rnatilganda bunday muammolar kelib chiqmaydi.
    Windows tizimining oxirgi versiyalarida o‘rnatish dasturining 
    o‘zi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan fayllarning nusxasini qattiq diskka 
    ko‘chiradi.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish