|
N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish Pdf ko'rish
|
bet | 109/143 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,13 Mb. | | #240066 |
Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish2. Kompyuterning «osilib» qolishi.
Windows operatsion tizi-
mini mutlaqo ishonchli deb bo‘lmaydi. U foydalanuvchining
qo‘pol xatosi yoki buzg‘unchi dasturlarning (kompyuter virus-
lari) ta’siri natijasida tiklab bo‘lmaydigan holatda ishdan chiqishi
mumkin. Uning ish faoliyatini qayta tiklash uchun tizimni qay-
tadan o‘rnatish talab etiladi.
3. «Chiqindi»lar to‘planishi.
Ishlash jarayonida Windows
ope ratsion tizimida uni samarali ishlashini pasaytiradigan «chiq-
indi» to‘planib boradi. Bundan qutilishning yagona usuli op-
eratsion tizim o‘rnatilgan diskni «tozalash» va tizimni qayta
o‘rnatishdan iborat.
Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni ke-
yingi qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tash-
kil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta
o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimni o‘rnatish usullari.
Yangi kompyuterga
ope
ratsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida
operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari
keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish
.
Bu usuldan yangi kompyuterga
o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish
bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu
operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan
o‘rnatish.
Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning
ishlash xususiya tini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini
ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki
sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib
hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab
operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni
bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday
o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish
talab qilinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish
|