160
Windows 2000/XP operatsion tizimlari oilasini o‘rnatishdan
oldin fayllar tizimini tanlash kerak. Windows 2000/XP
operatsion tizimi asosiy fayl tizimi sifatida NTFS ni qaraydi
va shuning uchun FAT32 fayl tizimini NTFSga aylantirish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatish jarayonida bajarilishi mumkin.
Tizimni o‘rnatish dasturi qattiq diskning mantiqiy
strukturalarini tekshirishni bajaradi va jiddiy xatoliklar bo‘lganda
o‘z ishini to‘xtatadi. Oxirgi tayyorgarlik operatsiyasi tugagandan
keyin o‘rnatish ustasi ishga tushiriladi. Xususan keyingi barcha
operatsiyalarni sichqoncha yordamida bajarish mumkin.
Katalogni tanlash.
Keyingi muhim qadamlardan biri – bu
o‘rnatish dasturi operatsion tizim fayllarini qaysi katalogga
joylashtirishini tanlashdir. Operatsion tizimning oldingi versiya-
sini yangilash sifati da bajarilgan o‘rnatishda yangi operatsion
tizim oldingi versiya joylashgan katalogga o‘rnatiladi.
Agar operatsion tizim «toza» diskka o‘rnatilsa, o‘rnatish
dasturi ikkita variantni taklif qiladi: standart katalogga o‘rnatish
(C:\Windows) yoki boshqa yerga o‘rnatish. Standart katalogdan
foydalanish afzalroq, chunki ba’zida boshqa katalogga o‘rnatish
vaqtida ishonchli hal qilib bo‘lmaydigan g‘alati muammolarga
duch kelinadi.
Windows 2000/XP operatsion tizimlari ko‘p tizimli muhitda
qo‘llanilishi mumkin va avval yaratilgan tizimlar bilan parallel
o‘rnatish imkoni bor. Bu usuldagi o‘rnatishdan keyin operatsion
tizimni tanlash dastlabki yuklanish boshlanganda ochiladigan
maxsus menyudan bajariladi. Ko‘p tizimli kompyuterni
yaratishdan oldin yangi operatsion tizimni o‘rnatish uchun
boshqa katalogni tanlash kerak, aks holda yuklanuvchi tizimni
tanlash imkoni yo‘qoladi.