166
Kompyuterga, odatda, ofis dasturlari, matnli va grafik muhar
rir
lar, ma’lumotlar ombori, kompyuter o‘yinlari, qo‘shimcha
tizimli vositalar, Internet bilan ishlash uchun dasturlar kabi ilovalar
o‘rnatiladi. Natijada dasturiy muhit ko‘pgina dasturlar bilan
«ifloslanadi». Bunday vaziyatlarni keltirib chiqarmaslik uchun
kerak bo‘lmagan ilovalarni o‘rnatish kerak emas.
Operatsion tizimning ishini «jadallashtiruvchi», «yaxshi-
lovchi», «osonlashtiruvchi» xizmat dasturlarigi katta ehtiyot korlik
bilan munosabatda bo‘lish lozim. Bu utilitlar ularning ishiga zarur
bo‘lgan resurslarni sarflash hisobiga ziyon keltirishi mumkin.
Ilovalarni o‘rnatish chastotasi.
Kompyuterning odatdagi
ish tartibida ilovalar zaruriyatga qarab o‘rnatiladi. Yangi dasturni
haftada bir marta o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shunda
o‘rnatilgan dastur boshqa dasturlarning ishlash xususiyatiga va
umuman tizim ning barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini
tushunish mumkin bo‘ladi.
Operatsion tizim «toza» qattiq diskka hozirgina o‘rnatilgan
yoki diskda hech qanday ilovalar o‘rnatilmagan va kompyuterni
«nol»dan jihozlash kerak bo‘lsa, u holda bitta o‘rnatishda ketma-
ket bir necha ilovalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Bunda ilova-
larni o‘rnatishning optimal tartibi ularning chiqish tartibi bilan
ustma-ust tushadi.
Bir necha ilovani birin-ketin o‘rnatayotganda tartib bi-
lan harakat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta ilovani
o‘rnatgandan so‘ng, kompyuterni qayta yuklash kerak; agar
lozim bo‘lsa, shu ilova tegishli ma’lumotlar faylini, sozlovchi
fayllarni zaxirali nusxasidan nusxa oling. So‘ngra ilovani ish-
ga tushiring va yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarning
yo‘qligiga amin bo‘lib, uning ishlash xususiyatini tekshiring.