164
Bunda tizim joriy konfiguratsiyani (plug and play qurilmasini
ham) tekshiradi va drayverlari o‘rnatilmagan qurilmalarni
qaytadan topadi.
Ikkinchi usul qurilmalarning barcha turi uchun qo‘llaniladi.
Bu
Jihozlarni o‘rnatish
(
Установка
оборудования)
ustasi
bo‘lib,
Boshqarish paneli
(
Панел управления)
muloqat oyna-
sidan shu nomli tugma orqali ishga tushiriladi. Bu ustaning ishi
bir nechta bosqichda amalga oshiriladi.
Usta ishining birinchi bosqichida drayverlari o‘rnatilmagan
yoki nosoz bo‘lgan plug and play qurilmalarni qidiruv amalga
oshiriladi. Bu qidiruv ishlarining natijasida ma’lum bo‘lgan
qurilmalarning ro‘yxati chiqariladi. Qurilma ro‘yxatdan
tanlaniladi va
Keyin
(
Далее)
tugmasini bosish bilan qurilmani
tekshirish va zarur bo‘lgan drayverni o‘rnatish tizimni
boshlang‘ich yuklanishiga o‘xshab amalga oshiriladi.
Agar qurilma avtomatik tarzda topilmagan bo‘lsa,
drayverlarni qo‘lda tanlash imkoni saqlanadi. Buning uchun
O‘rnatilgan jihozlar
(
Установленное оборудование)
muloqat
oynasidan yangi qurilmani
Qo‘shish
(
Добавление
ново-
го устройства) bandini tanlash kerak. So‘ngra usta chuqur
qidiruvni boshlaydi.