165
tekshirish kerak. Agar qayd qilingan bo‘lsa, uni o‘chirish uchun
standart vositalardan foydalanish lozim. Keyingi
qadamda
kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalar ro‘yxatidan bu qurilmaning
nomi yo‘qligini tekshirishdan iborat. Agar
qurilma nomi bor
bo‘lsa, uni sichqoncha yordamida tanlab,
O‘chirish (Удалить)
tugmasini bosish kerak.
3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish.
Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish.
Bunday
tekshiruvning eng sodda usuli eksperimentdan iborat. Agar
qurilma ravon ishlayotgan bo‘lsa, demak, drayverni o‘rnatish
muvaffaqiyatli o‘tgan. Agar qurilma ishlamayotgan yoki noto‘g‘ri
ishlayotgan bo‘lsa, uning quyida keltirilgan
sabablarini topish
kerak:
1. Tashqi qurilmalarni to‘g‘ri va ishonchli o‘rnatish uchun
qurilmalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter o‘chirilgan
tashqi qurilmalarni topa olmaydi, shunga muvofiq talab qilingan
drayverni tanlab o‘rnata olmaydi.
2. Ba’zan o‘rnatishdan voz kechishga
yoki operatsion tizim
tomo
nidan avtomatik tarzda topilgan qurilmani o‘rnatishni
to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda operatsion tizimda
tugatilmagan o‘rnatish jarayonining izlari qayd qilingan bo‘ ladi,
buning natijasida mos keluvchi qurilmaning drayverini to‘la-
qonlik bilan o‘rnatish va me’yorida ishlashiga halaqit beradi.