24
Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun
bunday ushlanish
ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD,
keyin esa Intel kor-
poratsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi
(2.3-
b
rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor
xotira bilan
bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unum-
dorligini oshiradi. Tizimli plata ning protsessorning
arxitekturasi-
ga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan,
oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun
videokartaning interfeysini (PCI-E uchun)
chipsetdan protsessor
kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.
2.2. Tizimli platani tanlash
Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir
nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar (form factor)
plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi
kerak
bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida
tizimli plataning
nisbatan keng tarqalgan standartlari keltirilgan.
Eskirgan standartlar quyidagilar:
– Baby-AT;
– AT to‘liq o‘lchamli platasi;
– LPX;
– WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);
– ITX (flexATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan).
– Zamonaviy standartlar quyidagilar:
– ATX;
– Micro-ATX;
– Flex-ATX;
– MiniITX (flexATX ning turlaridan biri);
– NLX.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun
tizimli plata-
larning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX
tuzilishi
Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi.