• ATX tizimli plata. 27 Micro-ATX standarti.
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Narxning pasayishi
    . ATX konstruksiyasida bitta yagona 
    ta’mi 
    not razyomi ishlatiladi. Diskli jamlagichlarning ichki 
    kabellarini qisqartirish mumkin. Buning hammasi sezilarli dara-
    jada nafaqat tizimli plataning, balki g‘ilof va elektr ta’mi notining 
    ham narxini pasaytiradi.
    2.4-rasmda ATX tizimining qopqog‘i yechilgan holda 
    stol ustida turgan ko‘rinishi keltirilgan. Amalda tizimli plata 
    diskyurituvchilarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘laklar 
    bilan to‘silib qolmaydi. Bu o‘z o‘rnida tizimning turli xil 
    komponentlaridan va shina razyom laridan erkin foydalanishni 
    ta’minlaydi. Kengaytirish razyomlari nisbatan kalta tarafi bilan 
    parallel joylashgan bo‘lib, protsessor, xotira razyomlarining 
    qismiga va kiritish-chiqarish razyomlariga halaqit bermaydi.
    Mini-ATX sxemasi ham xuddi shunday g‘ilofga joylashtiriladi:
    – ATX platasi 305×244 mm (12×9,6 dyuym) o‘lchovlarga ega;
    – mini – ATX platasi – 284×208 mm (11,2×8,2 dyuym).
    Elektr ta’minoti bloki
    Ketma-ket va parallel razyomlar, 
    VSB shinasi klaviatura, tovush 
    kartasi razyomi
    Protsessor ATX tizimi platasi
    2.4-rasm. 
    ATX tizimli plata.


    27
    Micro-ATX standarti. 
    Micro-ATX tizimli platasining stan-
    darti birinchi marta Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yilning 
    dekabrida ATX platasining kichiklashtirilgan ko‘rinishi deb 
    taqdim qilingan. Micro-ATX standarti ATX standarti bilan mos 
    keladi, shuning uchun micro-ATX tizimli platani to‘liq o‘lchamli 
    ATX g‘ilofida foydalanish imkonini beradi. Micro­ATX va ATX 
    standarti tizimli platalarining asosiy farqlari quyidagilar:
    – 305 mm (12 dyuym) yoki 284 mm (11,2 dyuym) o‘rniga 
    kengligi 244 mm (9,6 dyuym) gacha kichiklashtirilgan;
    – razyomlar soni kamaytirilgan;
    – kichiklashtirilgan ta’minot bloki (SFX/TFX form-faktori).
    To‘liq o‘lchamli ATX platasining (12×9,6 dyuym yoki 
    305×244 mm) o‘lchami yoki mini-ATX (11,2×8,2 dyuym yoki 
    284×208 mm) o‘lchamiga nisbatan micro-ATX standartili tizimli 
    plataning maksimal o‘lchami 9,6×9,6 dyuymgacha (244×244 mm) 
    bo‘ladi.
    Micro-ATX tizimi uchun SFX/TFX nomini olgan ta’minot 
    bloki ishlab chiqarilgan.
    Micro-ATX bilan ATX ning mos tushishi quyidagilarni bildiradi:
    – bir xil – 20 kontaktli ta’minot razyomidan foydalanishni;
    – kiritish-chiqarish razyomlarining standart joylashganligini;
    – mahkamlash vintlarining bir xil joylashganligini.
    Micro-ATX standartli plata asosida yaratilgan tizim quyidagi o‘l-
    chamlarga ega: balandligi 304,8 yoki 355,6 mm (12 yoki 14 dyuym), 
    kengligi 177,8 mm (7 dyuym), uzunligi 304,8 mm (12 dyuym) va 
    micro­tower yoki desktop sinfiga mansub bo‘lgan g‘ilofga mos 
    keladi. Micro-ATX tizimli plata 2.5-rasmda ko‘rsatilgan.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish