31
2.3. Tizimli platani o‘rnatish
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini,
tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning
holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi.
Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6
tadan
12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iy
qayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun
mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan.
Tizimli plata yig‘ish shassisiga
uning yuzasidan taxminan
5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki
plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi
oraliqni
ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning
og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun
maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak.
Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor
elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib
kirgizish kerak. Plata kerakli holatni
egallagandan keyin ichiga
o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) quril
malar
uchun razyomlar
g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi. Shun dan keyin
shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.
2.8-rasm.