43
ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish
tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning
ulanish topologiyasi
ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB
yoki Fire Wire) bo‘lishi mumkin.
Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port
printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi.
Tashqi qurilmani parallel portga ulash
maxsus kabel orqali amalga
oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi,
binobarin, har bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga
oshiriladi. ShKning parallel port orqali
axborot almashinuvi ish
tartibi IEEE 1284 standarti orqali amalga oshiriladi.
LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi.
Odatda, port bilan ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli
razyom
orqali amalga oshiriladi, razyom kontaktlarining taqsim-
lanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning
dasturiy vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni,
diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi.
Standart bo‘yicha ulanish kabelining maksimal uzunligi 1,8 me-
tr ni, maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi.
RS-232C ketma-ket port (Communication port)
sichqoncha,
tashqi modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash,
shuningdek, kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi.
RS-232C turdagi ketma-ket portning ishlatilishining Centronics
portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy kompyuterdan tashqi
qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha
uzatish imkoniyati
hisoblanadi. Ma’lumotlar ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida
bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va
to‘xtash
bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida
uzatiladi, uzatish tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi.