44
almashtirishga, ya’ni ketma-ket va
parallel klaviatura va
«sichqoncha» portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan,
barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining osonligi bilan
ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta
razyomga ulanadi. Plug and Play – «yoq va ishla»
texnologiyasi
«qaynoq» almashtirishni, ya’ni kompyuterni o‘chirish
va qayta
yuklash zaruratisiz qurilmalarni almashtirishni amalga oshirishga
imkon beradi. Qurilma jismoniy ulanganidan keyin to‘g‘ri
taniladi va avtomatik konfiguratsiyalanadi.
USB kompyuterga
nima ulanganligini, qurilmaga qanday drayverlar va resurslar
zarur bo‘lishini mustaqil aniqlaydi, undan keyin bularning
barchasini foydalanuvchining aralashuvisiz ajratadi.
Shina to‘g‘ri ishlashi uchun u bilan
aniq ishlaydigan operatsion
tizim zarur. Mazkur holda bunday operatsion tizim Windows 95
va undan yuqori tizimlar hisoblanadi. USB shinaga bir vaqtning
o‘zida deyarli 127
tagacha istalgan monitorlar, printerlar kabi
qurilmalar ulanishini ta’minlaydi. Birinchi darajada ulangan har
bir qurilma kommutator
sifatida ishlashi mumkin, ya’ni unga
mos
razyomlar bo‘lganida yana bir necha qurilmalar ulanishi
mumkin. Interfeys bo‘yicha
almashtirish paketli, almashtirish
tezligi 12 Mbayt/s ni tashkil etadi. 480 Mbayt/s o‘tkazish
xususiyatini ta’minlaydigan interfeysi (boshlang‘ich
standart USB
1.1 deyiladi) yaratildi. Sekin ishlaydigan qurilmalar (klaviaturalar,
sichqonchalar, modemlar) uchun ma’lumotlar 1,5 Mbit/s
tezlikda almashtiriladigan qo‘shimcha kichik kanal ham qo‘llab-
quvvatlanadi, telekonferensiyalarni o‘tkazishda kerak bo‘ladigan,
ham asinxron ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlaydi.
Aniq jismoniy qurilmaning dasturiy ta’minoti (USB-mijoz)
kompyuterning o‘zida bajariladi. USB-shina bajarilishda va o‘zgari-
lishda (Plug and Play) avtomatik konfiguratsiyalanishni qo‘llab
quvvatlaydi. USB dasturiy ta’minot drayverlari, to‘g‘ri
murojaat
etish kanallari, uzilishlar vektorlarni sozlash va kiritish/chiqarish
qurilmalarini manzillashtirish orasidagi bahslarni tugatadi.