42
National Standarts Institute – Amerika standartlar instituti)
tomonidan 1986-yili standartlashtirilgan edi. Interfeys
turli sinflarga mansub bo‘lgan qurilmalarni, ya’ni xotira
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ketma-ket foydalanadigan, CD-ROM
bir marta va ko‘p marta yoziladigan optik disklar, axborot
tashuvchilarini avtomatik almashtirish qurilmalari, printerlar,
skanerlar, komunikatsion qurilmalar va protsessorlarni
ulash uchun mo‘ljallangan. SCSI (SCSI Device) qurilmasi
bo‘lib, SCSI shinasini kompyuterning biror-bir ichki shinasi
bilan ulab turuvchi xost-adapter ham, maqsadli qurilmaga
SCSI shinasiga ulanish imkonini beruvchi kontrolleri-target
controller ham hisoblanadi. Shina nuqtayi nazaridan barcha
qurilmalar teng xuquqli bo‘lishi mumkin va shu bilan birga
ham almashtirish tashkilotchisi, ham maqsadli qurilma
hisoblanadi, lekin ko‘pincha tashkilotchi vazifasida xost-
adapter qatnashadi. Bitta kontrollerga bir necha periferiya
qurilmalari ulanishi mumkin, ularga nisbatan kontroller ham
ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. Ichiga SSSI kontrollerlari
o‘rnatilgan periferiya qurilmalari keng qo‘llaniladi, ularga
qattiq disklardagi to‘plagichlar, CD-ROM, strimerlar kiradi.
SCSI ning uchta versiyasi keng tarqalgan: SCSI-1, SCSI-2
va SCSI-3. SCSI kompyuterning sakkizta qurilmagacha qo‘llab-
quvvatlaydigan tizim shinasining soddalashtirilgan variantidir.
SCSI-1 interfeyslari 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 – 16
yoki 32 bitli bo‘lib, katta quvvatli server-mashinalarda va ishchi
stansiyalarda foydalanishga mo‘ljallangan.