39
manzil va ma’lumotlar bitta liniya bo‘ylab uzatiladi) va o‘qish-
yozish operatsiyalarini
konveyerlash kuchaytirilgan, bu o‘z o‘rnida
xotra modulidagi ushlanishni bu operatsiyalarni bajarish tezligiga
ta’sirini bartaraf qilish imkonini beradi.
Konstruktiv jihatdan AGP shinasi grafik tezlatgichning bosma
platasini o‘rnatish uchun tizimli plataga joylashtirilgan alohida
razyom ko‘rinishida bo‘ladi.
PCI, SCSI, AGP va protsessorning
katta tezlikdagi shinasi
biriktirilgan tizimli plataning tuzilish sxemasi 2.11-rasmda ko‘r-
satilgan.
AGP shinasi ikkita ish tartibiga ega: DMA
va Execute. DMA
ish tartibida videokarta xotirasi asosiy bo‘lib hisoblanadi. Grafik
obyektlar tizim xotirasida saqlanadi,
ammo foydalanishdan oldin
kartaning lokal xotirasiga nusxasi olinadi va almashuv katta
ketma-ketlikdagi paketlar bilan olib boriladi. Execute ish tartibida
tizim xotirasi bilan videokartaning lokal xotirasi mantiqiy teng
huquqlidir. Grafik obyektlar lokal xotiraga nusxalanmaydi, balki
bevosita tizim xotirasidan tanlanadi. Bunda xotiradan nisbatan
kichik bo‘lgan tasodifiy joylashgan bo‘laklarni tanlashga to‘g‘ri
keladi. Modomiki, tizim xotirasi 4 Kbaytdan bo‘lgan bloklarga
2.11-rasm.