32
2.9-rasm.
Platani olti qirrali
baland metall shayba yordamida
mahkamlash.
2.10-rasm.
Platani
plastmassali moslama
yordamida mahkamlash.
G‘ilof
G‘ilof
Olti qirrali
baland shayba
Tizimli plata
Tizimli plata
Vint
Tizimli platani mahkamlash uchun
olti qirrali baland metall
shaybadan (2.9-rasm) va plastmassali moslamadan foyda-
laniladi (2.10-rasm). Metall moslamalar asosan tizimli platani
kompyuter g‘ilofining yerga ulanishini ta’minlaydigan B va C
nuqtalarda mahkamlash uchun ishlatiladi. Qolgan
nuqtalar uchun
plastmassali moslamalar ishlatiladi. Agar konstruksiyaning mah-
kamligini oshirish kerak bo‘lsa, plastmassa moslama va olti
qirrali baland metall shaybadan foydalanadilar.
2.4. Ichki va tashqi magistrallar
Magistral va shinalar tufayli ShKni
modulli tashkil qilish va
protsessor bilan tashqi qurilmalarni ulashni bir tartibga keltirish
mumkin bo‘ldi. Magistral yoki
shina deganda, tizimning turli
xil bloklari birgalikda ishlatadigan ma’lumotlarni uzatish kanali
tushuniladi.
Shina bosma plataga joylashtirilgan bo‘lib, razyomlarning
chiqishiga ulangan o‘tkazuvchi simlar to‘plamidan iborat.
Shina
ShKning tizimli bloki bog‘lamalarini bir-biriga ulovchi yassi
kabeldan hosil qilinadi.
33
Shina kompyuterning fizik jihatdan
komponentlari bitta
yoki bir nechta bosma platada joylashgan ichki strukturasini
soddalashtirish imkonini yaratadi. O‘zaro
aloqa kanalining ular
uchun umumiyligi aloqa sonini (demak, simlar sonini ham)
qisqartiradi, razyomlar sonini kamaytiradi,
axborotni uzatuvchi va
qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi almashuv tezligini oshiradi.
Zamonaviy ShK turli xil komponentlarni bog‘lab turuvchi bir
nechta shinaga ega, masalan, FSB (Front Side Bus) protsessor
shinasi yoki tezkor xotira shinasi (Memory Bus).
Bu lokal
shinalar soni katta bo‘lmagan bog‘lamalarga, masalan, protsessor
bilan tezkor xotiraga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.