PCI shinasi ( Peripheral Component Interconnect




Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/143
Sana17.05.2024
Hajmi8,13 Mb.
#240066
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

PCI shinasi
(
Peripheral Component Interconnect
,
 
tashqi 
komponentlarni ulash) – turli xil qurilmalarni ulash uchun eng 
keng tarqalgan va universal interfeys. 1993­yil Intel firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan. PCI shinasi VLB ga qaraganda 
ancha universal bo‘lib, 10 tagacha qurilmani ulash imkonini 
beradi. 80486 dan zamonaviy Pentiumgacha bo‘lgan har 
qanday protsessor bilan ishga sozlanish imkonini beruvchi 


37
o‘zining adapteriga ega. PCI ning taktlash chastotasi – 33 MHz, 
razryadligi 64 bitgacha kengaytirish imkoni bilan ma’lumotlar 
uchun 32 razryad va manzillar uchun 32 razryadni tashkil qiladi. 
O‘tkazish xususiyati nazariy 132 Mbayt/s, 64-bitli variantda 
esa 264 Mbayt/s. PCI lokal shinasining 2.1 modifikatsiyasi 66 
MHz gacha taktlash chastotasida ishlaydi va 64 razryadlida 
528 Mbayt/s gacha o‘tkazish xususiyatiga ega. Plug and Play, 
Bus Mastering va adapterni avtokonfiguratsiyalash ish tartibini 
qo‘llash amalga oshirilgan.
Bitta PCI shinasida to‘rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq 
bo‘lishi mumkin emas. PCI shinasining ko‘prigi (PCI Bridge) – 
bu PCI shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir. 
Host Bridge, ya’ni asosiy ko‘prik PCI ni tizim shinasiga 
(protsessor shinasi yoki protsessorlar) ulash uchun ishlatiladi. 
Peer-to-Peer Bridge – bir rangli ko‘prik – ikkita PCI shinasini 
ulash uchun ishlatiladi. Ikkita va undan ko‘p PCI shinasi kuchli 
shimoliy platformalarda qo‘llaniladi, chunki qo‘shimcha PCI 
shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish imkonini beradi.
PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‘rinishida izohlaydi: 
har bir kadr manzil fazasidan boshlanadi, bu faza izidan bir 
yoki bir nechta ma’lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda 
ma’lumotlar fazasi soni noma’lum, ammo qurilmaning shinadan 
foydalanishining maksimal vaqtini aniqlovchi taymer bilan 
cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy taymeriga ega.
Har bir almashuvda ikkita qurilma – almashuv tashkilotchisi 
(Inisiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Shinadan foyda-
lanishga bo‘lgan so‘rovlar arbitraji bilan tizimli plata chipsetining 
tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‘lama shug‘ullanadi.
Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri 
64 kontaktli ketma-ket joylashgan ikkita seksiyadan (har biri 
o‘zining kaliti bilan) iborat. Bu interfeys yordamida tizimli plataga 
videokarta, tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa 
qurilmalar ulanadi. Ko‘pincha tizimli platada bir nechta PCI 


38
razyomi bo‘ladi. PCI shinasi lokal shina bo‘lsa ham kengaytirish 
shinasining ko‘pgina funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA 
kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo‘lsa, bevosita protsessorga 
emas (VLB shinasidan foydalanilganga o‘xshab), balki PCI 
shinasining o‘zi 
ga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi. 
Masalaning bunday hal qilinishi tufayli shina protsessorga nisbatan 
mustaqil va protsessorga so‘rovlar bilan murojaat qilmasdan 
uning shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday qilib, protsessor 
shinasining yuklamasi kamayadi. Masalan, protsessor tizim 
xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti, bu vaqtda esa tarmoq 
orqali qattiq diskka axborot yozilyapti.
Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI 
kartasining komponentlari plataning chap yuzasida joylashgan. 
Shu sababli oxirgi PCI-sloti adapterning o‘rnatilish joyidan 
foydalanishni qo‘shni ISA-sloti (Shared slot) bilan bo‘lishadi.
Uch o‘lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III, 
undan keyin Pentium IV protsessorlarining yaratilishi video 
ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan PCI shinasining 
yuklamasini kamaytirishni talab qildi. Intel firmasi PCI ni 
takomillashtirdi va AGP magistral interfeysini qo‘shdi.

Download 8,13 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   143




Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PCI shinasi ( Peripheral Component Interconnect

Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish