48
barcha foydalaniladigan sektorlarning ma’lumotlar maydoni
yig‘indisini ifodalaydi.
Formatlanmagan sig‘im
(unformatted capacity) xizmat
axboroti (sektorlar sarlavhasi, ma’lumotlar maydonining nazorat
kodlari) bilan birga diskning barcha treklariga yoziladigan
maksimal bitlar sonini ifodalaydi.
Formatlangan va formatlanmagan sig‘imlarning o‘zaro
nisbati trek formati (sektor o‘lchami) bilan aniqlanadi. Amalda
faqat disk sektorining standart o‘lchami (512 bayt) uchun
ko‘rsatiladigan formatlangan sig‘im qiziqtiradi, ba’zida esa
foydalaniladigan sektorlar soni ko‘rsatiladi.
Shpindel aylanish tezligi
(spindle speed) minutiga necha
marotaba aylanishi (Revolutions Per Minute, RPM) bilan
o‘lchanadi va qisman unumdorlik (ichki tezlik) to‘g‘risida fikr
yuritishga imkon beradi. Keng qo‘llanilgan qattiq disklar uchun
bir necha yillar oldin 3600 ayl/min qiymati standart bo‘lgan; hozir
odatiy tezlik 4500 va 5400 ayl/min, yanada yuqorisi esa 7200 ayl/
min hisoblanadi. Unumdorligi juda muhim bo‘lgan joylarda 10
000 va 15 000 ayl/min tezlikdagi disklardan foydalaniladi.
Interfeys
(interface) jamlagichning ulanish usulini ifodalaydi.
Joylashtirilgan kontrollerli jamlagichlar uchun ATA va SCSI
(parallel va ketma-ket) interfeyslar tarqalgan, tashqi qurilmalar
uchun USB, FireWire va Fibre Channel shinalaridan hamda LPT-
portga ulanishdan foydalaniladi.
Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: