|
IEEE 1394
(
Institute of Electrical and Electronic EngineersBog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatishIEEE 1394
(
Institute of Electrical and Electronic Engineers
1394
– elektrotexnika va elektronika bo‘yicha injenerlar instituti
standarti 1394) – bu kompyuterning ichki komponentlarini va
tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan yangi va istiqbolli
interfeysdir.
IEEE 1394
Fire Wire
, ya’ni «olovli sim» nomi bilan ham
mash hur. Fire-Wire raqamli ketma-ket interfeys yuqori ishonchlilik
va ma’lumotlarni uzatish sifati bilan xarakterlanadi, uning
protokoli vaqtning real masshtablarida sezilarli buzilishlarsiz
video- va audiosignallarni o‘tishini ta’minlash bilan axborotlarni
vaqt bo‘yicha kafolatlangan uzatilishini quvvatlaydi. Fire-
Wire shina yordamida Plug and Play texnologiyasi bo‘yicha va
deyarli istalgan konfiguratsiyalardagi ko‘p sonli turli qurilmalarni
bir-birlariga ulash mumkin, bu bilan u avval aytilgan qiyin
konfiguratsiyalanadigan turdagi shinalardan foydali farqlanadi.
Bitta kontrollerga yaxlit oltita simli kabel yordamida bitta portga
63 tagacha qurilmalar ulanishi mumkin. Interfeysning o‘tkazish
xususiyati 100–400 Mbit/s ni tashkil yetadi, kelajakda hatto 1600
Mbit/s ga yetishi kutilmoqda. Bu interfeys qattiq disklarni, CD-
ROM va DVD-ROM diskyurituvchilarni, shuningdek, raqamli
videokomeralar, videomagnitafonlar kabi yuqori tezlikli tashqi
qurilmalarni ulash uchun ishlatiladi.
NaZoraT SavoLLarI
1. Tizimli plataning funksional vazifasi va asosiy elementlari.
2. Tizimli plataning ishlash tamoyili qanday?
3. ATX, microATX va flexATX tizimli platalar standarti haqida aytib bering.
4. Mini-ITX tizimli plata haqida aytib bering.
5. VLB shinasining asosiy kamchiligini tushuntiring.
6. NLX tizimli platasi haqida aytib bering.
7. Arbitraj tizimining vazifasi nimadan iborat?
8. Tizimli platani o‘rnatish qanday bajariladi?
9. Qanday shinalar ichki shinalarga tegishli? Ularni sanab o‘ting.
10. Qanday shinalar tashqi shinalarga tegishli? Ularni sanab o‘ting.
11. Tashqi portlar, ularning vazifalari va ko‘rinishlari.
|
| |