• Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomin- ing mavjudligi.
  • Protsessor va xotira modulining siljishi.
  • Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi.
  • Yaxshilangan sovutish tizimi.
  • Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli 
    panelining mavjudligi. 
    Tizim platasining orqa tarafida kengligi 
    6,25 va balandligi 1,75 dyuym bo‘lgan kiritish-chiqarish razyomi 
    joylashgan soha mavjuddir. Bu soha tashqi razyomlarni bevosita 
    plataning o‘zida joylashtirish imkonini beradi va ichki razyom-
    lar bilan g‘ilofning orqa panelini bog‘lab turuvchi kabellarga 
    bo‘lgan zaruratdan holi qiladi.
    Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomin-
    ing mavjudligi. 
    ATX spetsifikatsiyasi tarkibida elektr ta’minot 
    manba yining osonlik bilan o‘rnatiladigan va noto‘g‘ri o‘rnatish 
    mumkin bo‘lmagan bir kalitli razyomi mavjuddir. Bu razyom 
    tizim platasiga 3,3 V kuchlanishni yetkazib beruvchi kontakt-
    larga ega. ATX spetsifikatsiyasiga yordamchi quvvat (3,3 va 5V) 
    razyomlari nomini olgan ikkita qo‘shimcha ta’minot razyomi va 
    elektr energiyani noyob spetsifikatsiyaga qaraganda katta miq-
    dorda iste’mol qiladigan tizimlarda qo‘llaniladigan ATX12V 
    razyomi kiritilgan.
    Protsessor va xotira modulining siljishi. 
    Protsessor va xotira 
    moduli elektr ta’minot manbayi yonida joylashgan va bitta venti-
    lator yordamida sovutiladi. Bu o‘z o‘rnida protsessor uchun max-
    sus ventilatordan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi. Katta passiv 
    issiqlik qaytargich uchun ham joy bor. Protsessorni va issiqlik 
    qaytargichni o‘rnatish uchun ajratilgan joyning balandligi taxmi-
    nan 70 mm (2,8 dyuym) dir.
    Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi. 
    Bu 
    razyomlar egiluvchan va qattiq diskli jamlagichlar uchun bo‘lib, 
    jamlagichlar ichki kabellarining uzunligini kamaytirish uchun 
    shu jamlagichlarning yonida joylashgan bo‘ladi.
    Yaxshilangan sovutish tizimi. 
    Protsessor va xotira quril-
    masining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshi-
    rilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX 
    spetsifikatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga 


    26
    olib keladigan pur 
    kash kabi ishlaydigan ventilator afzal 
    ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini 
    tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab 
    chiqaradilar, ya’ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish