20
– CMOS-xotira mikrosxemalari;
– klaviatura,
QMDJ va EMDJ adapterlari;
– uzilish kontrollerlari;
– taymer.
Ona plata.
Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional
jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi
bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi.
Bu uning eng
muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy
qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan
yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan
mikrosxemalar to‘plami va elementlarning
joylashish topologiyasi
bilan belgilanadi.
Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha
turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun
eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm
o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm).
Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari,
uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi:
protsessor razyomlari,
kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira
modullarining razyomlari, chipset
mikrosxemalari uchun
razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish
bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni
birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video
vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi.
Tashqi qurilmalarning
tizimli blokka ulanishi, razyomlari
tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan,
tashqi
interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha
ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port,
bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.
Hozirgi kunda o‘nlab
firmalar tuzilishi, ular tomonidan
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning takt-
lash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan
21
farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab
chiqarmoqdalar.
Tizimli platalar
har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi
shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash
samaradorligi qo‘lla
nuvchi shinalar tarkibiga va
bu shinalar
uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga
bog‘liqdir.