16
Disklar bilan almashish tezligini oshirish uchun (TXQdagi
singari) keshlash keng qo‘llaniladi.
Yangi, zamonaviy kompyuterlarda to‘plangan yo‘lakchalar
o‘rniga yuza qismida birgina spiral yo‘lakcha qo‘llaniladigan
optik kompakt diskli diskyurituvchilardan (CD-ROM) foyda-
lanish standart bo‘lgan.
Axborotni o‘qish uchun kompyuterning disk yurituvchi
qurilmasiga joylashtirilgan ixcham lazer qo‘llaniladi. Disklar 3,5;
4,72; 5,25 dyuym diametrga ega bo‘lib, hajmi 250 Mbaytdan 1,5
Gbaytgacha bo‘ladi. Kompakt disklar
bilan axborot almashinish
tezligi 2,4 Mbayt/s dan 3,6 Mbayt/s gachani tashkil etadi. IDE va
SCSI interfeyslardan foydalaniladi.
Kompakt disklarga tovushli va tasvirli axborotlar ham yozi-
lishi mumkin. Birmartali va ko‘pmartali qayta yoziluvchi disklar
mavjud.
Tashqi xotira qurilmalari shinaga muvofiq adapterlar orqali
ulanadi.
Taymer
– mashina ichidagi
haqiqiy vaqt elektron soati
bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda avtomatik ravishda joriy vaqtni
(yil, oy, soat, sekund va sekundning ulushi) ko‘rsatishni ta’min-
laydi. Taymer alohida ta’minot manbayiga, ya’ni akkumulatorga
ulanadi va kompyuter elektr tarmog‘idan uzilganida ham ish-
lashni davom ettiradi.