11
– boshqaruv shinasi (Control Bus) –
ShKning barcha
bloklariga kodli so‘zlarni yoki alohida boshqaruvchi
signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi
sxemalardan iborat;
– ta’minot shinasi (Power Bus) – shaxsiy kompyuterning
blok larini energiya ta’minot tizimiga
ulovchi liniyalardan
iborat;
Tizimli shina axborot uzatishning uchta yo‘nalishini ta’min-
laydi.
– protsessor va asosiy xotira o‘rtasida;
– protsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish
portlari o‘rtasida;
– asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish
port
lari o‘rtasida (xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish ish
tartibida).
Barcha bloklar shinaga muvofiqlashtirilgan unifikatsiyalangan
razyomlar orqali bir xil tarzda: bevosita yoki kontroller (adapter)
orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish
protsessor orqali
bevosita yoki asosiy boshqaruvchi signallarni shakllantiruvchi
shina kontrollerining qo‘shimcha mikrosxemasi orqali amalga
oshiriladi. Tashqi qurilmalar va tizimli shina o‘rtasida axborot
almashinuvi ASCII-kodlarni qo‘llash bilan bajariladi.
Asosiy bloklarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 1.2-rasmda
protsessor funksional bloklarining minimal to‘plamiga ega bo‘l-
gan tipik strukturasi ko‘rsatilgan.
1.2-rasm.
Protsessorning tipik strukturasi.
12
Protsessor yoki mikroprotsessor
ShKning markaziy qurilmasi
bo‘lib, o‘zining va mashinaning barcha bloklar ishini boshqarish
va axborot ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni
bajarishga mo‘ljallangan. Protsessor tarkibiga bir necha kompo-
nentlar kiradi.
Mikrodasturli boshqaruv qurilmasi
(MBQ)
mashinaning
barcha bloklariga zarur vaqtda bajarilayotgan operatsiyalarning
spe tsifikatsiyalari va oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari
bilan shartli belgilangan boshqarish signallarini shakllantiradi va
uzatadi, bajarilayotgan operatsiyalar
tomonidan ishlatilayotgan
xotira yacheyka
lari manzilini shakllantiradi va bu manzillarni
kompyuterlarning mos bloklariga uzatadi.
MBQ apparat jihatidan
doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, uning kirishiga protsessorning
ayni damda bajarilayotgan buyruqlarning ikkilik kodi keladi va
chiqishida esa kodli so‘zlar to‘plami
shakllanadi, ularning har biri
ushbu buyruqning bajarilishida ishtirok etayotgan protsessorning
alohida sxema va bog‘lamalariga mo‘ljallangan.
Shunday qilib,
kirib kelgan buyruq kodiga buyruq bajarilishining barcha asosiy
taktlarini amalga oshiruvchi operandlarni o‘qish, ular ustida
amallar
bajarish, natijani yozish kabi bir necha mikroko‘rsatmalar
to‘g‘ri keladi. Mikro ko‘rsatmalar kodli so‘zlarining razryadlari
vaqtincha va fazoviy taqsimlash uchun «Boshqaruv mantiqi»
bog‘lamasi xizmat qiladi.