10
1.3. S
haxsiy kompyuterlarning funksional bloklari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ShKlar yuqori darajali unifi
katsiya ga ega bo‘lganligi uning qo‘llanilish sohasiga qarab turli
konfigu ratsiyalarni tuzish imkonini beradi. Asosiy bog‘lama
va bloklarning shunday to‘plamlari borki, ularsiz ShKning
funksional imkoniyatlari to‘liq bo‘lmaydi va
u universal
kompyuter toifasiga tegishli bo‘lmaydi. Bu to‘plam tarkibiga
protsessor, xotira bloklari, kiri tish-chiqarish va
hujjatlashtirish
vositalari, elektr ta’minoti va kompyuterlararo aloqa bog‘lamalari
kiradi. SHKning asosiy bog‘lama to‘plami va bloklarining
tuzilish sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.
ShKning barcha qurilmalari tizimli shina (tizimli magistral
yoki kanal) yordamida birlashtiriladi. Bu
magistral tarkibiga
ShK barcha qurilmalarining o‘zaro ulanishini va aloqasini
ta’minlovchi to‘rtta asosiy shina kiradi:
– manzil shinasi (Address Bus) – tashqi jamlagichlar yoki
asosiy xotiraning manzil kodining
barcha razryadlarini
parallel uzatish uchun ulovchi sxemadan va bosma
platadagi liniyalardan iborat;
– ma’lumotlar shinasi (Data Bus) – (asosiy yoki tashqi)
xotiradan protsessorga ishlov berishga mashina so‘zning
(operandning) barcha razryadlarini parallel uzatish uchun
yoki aks ettirish qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan
liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;
1.1-rasm.