13
asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor
mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur
bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera
olmaydi.
Registrlar
– xotiraning turli
uzunlikdagi tez ishlovchi
yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda
1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda
ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda
ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga
oshirish uchun
qo‘llaniladi.
Buyruqlarni saralash sxemasi
kompyuter dasturlariga
muvo fiq buyruqlarning bajarilishiga tegishli manzillarni tashkil
qilish uchun xizmat qiladi.
Uzilishlarni boshqarish sxemasi
dasturni elektron to‘xtatish
(ko‘zda tutilmagan vaziyat), uning
yuzaga kelgan vaziyatni
bartaraf etish hududiga o‘tishi, asosiy dasturni bajarishni davom
ettirishi uchun to‘xtagan joyga qaytishi uchun xizmat qiladi.
Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni boshqarish sxemasi
(XTTK).
Ma’lumotlar massivini tashqi
xotiradan tezkor xotiraga
yuqo ri tezlikda olib o‘tish zaruriyati tug‘ilganda, protsessor bosh-
qaruvi ostidagi axborotning oddiy dasturiy almashinuvi samarasiz
bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni tashqi xotiradan tezkor xotiraga
(yoki aksincha) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimli shina orqali uzatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ish tartibini protsessorning maxsus
sxemasi (xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kirish kontrolleri deb ham
ataladi) ta’minlaydi.
ShK manzilli xotirasining tashkil qilinishini ko‘rib chiqamiz.
ShKning xotirasi – bu axborotni yozish, saqlash va uzatishga
mo‘ljallangan muhim funksional qismidir. ShKlarning
zamonaviy modellarida xotira rivojlangan ierarxiyaga ega bo‘lib,
hajmi va tezligi bo‘yicha turli bo‘lgan qurilmalardan tashkil
topadi. Mikro protsessor xotira turlari va pog‘onalarining sxemasi
1.3-rasmda keltirilgan.