8
–
GFLoPS
(GFLOPS – GigaFLOPS) – qayd qilingan
vergulli ko‘rinishdagi sonlar ustida sekundiga milliard ope-
ratsiyalar soni.
Asosiy protsessor so‘zining (razryad) uzunligi.
Bu ikkilik
sonlar razryadlari ustida ishlov berish, uzatish yoki saqlash
opera tsiyalari bajarilishining maksimal soni. Razryadlik qancha
katta bo‘lsa, unumdorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Mashina
so‘zi uzunligi asosiy protsessorni loyihalashtirish jarayonida
belgilanadi va bu uzunlik kompyuterning malumotlarga ishlov
berish tezligi, hisoblashlarning aniqligi va manzillashtiriladigan
tezkor xotira hajmi kabi funksional ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Mashina so‘zining uzunligi protsessorning ichki registrlarining
hamda manzil va ma’lumotlar ichki shinalari razryadligiga ta’sir
ko‘rsatadi.