Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Mikroprotsessor xotirasining turlari va pog‘onalar sxemasi. Xotiraning barcha turlarini shartli ravishda ularga nisbatan
protsessorning foydalanish darajasi bo‘yicha to‘rtta pog‘onaga
bo‘lish mumkin.
Birinchi pog‘ona – tezligi protsessorning taktlash chastotasi
bilan tenglashtirilishi mumkin bo‘lgan, o‘ta tezkor xotira.
Birinchi bosqich xotiralariga L1 kesh-xotirani hamda qo‘shimcha
xotira qurilmasi sifatida qabul qilingan umumiy vazifali
ichki registrlarni (IR) kiritish mumkin. Ushbu ikki xotira turi
protsessorning kristaliga joylashtirilgan bo‘ladi.
Ikkinchi pog‘ona – bu an’anaviy tezkor (OZU) va doimiy
xotira qurilmalaridir (DXQ). Doimiy xotiradan faqat axborotni
o‘qish ish tartibida foydalaniladi va u standart dasturlarni,
konstantalarni, funksiyalar jadvalini, ba’zida protsessorga
joylashtirilgan funksiya larni amalga oshiruvchi mikrodasturlarni
saqlaydi. Tezkor xotira joriy hisoblashlarning ma’lumotlarini va
dasturlarini hamda joriy uzilishlarga ishlov beruvchi dasturlarni
saqlaydi. Protsessor tezkor xotiradan ma’lumotlarni o‘qish va
yozishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki birinchi bosqich xotirasi orqali
amalga oshirishi mumkin. DXQ yoki TXQ sxemalari protsessor
bilan bitta platada joylashtirilishi mumkin.
Uchinchi pog‘ona – tezligi bir-biridan farqlangan ichki
va tashqi saqlash qurilmalari o‘rtasida axborot almashinuvini
vaqtida axborotni oraliq o‘qish va saqlash uchun mo‘ljallangan
buferli xotira qurilmalaridir. L2 xotira protsessor bilan bir blokda
joylashtirilgan bo‘lib, yarimo‘tkazgichli integral sxema yoki disk
15
hisoblanadi. Odatda, bu pog‘onani oraliqli saqlash vazifasini
bajargani uchun ikkinchi pog‘ona kesh xotirasi deb ataladi.
Xotira qurilmalarining dastlabki uchta pog‘onasi protses-
sorning ichki xotirasi hisoblanadi. Oxirgi – to‘rtinchi pog‘onasi –
bu tashqi xotira bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni saqlash
uchun mo‘ljallangan tashqi xotira qurilmalaridir (TXQ).