17
– aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Foydalanuvchining
muloqat vositalari
tarkibiga quyidagilar
kiradi:
– videomonitor (videoterminal, displey) – ShKga
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks
ettiruvchi qurilma;
– nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari – tez rivojlanib bora-
yotgan multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga
quyidagilar kiradi:
– klaviatura –
ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni
qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;
– grafik planshetlar (digitayzerlar) – planshet yuzasida
maxsus ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li
bilan
grafik axborotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
– skanerlar (o‘qish avtomatlari) – qog‘ozli va plonkali tashuv-
chilardan avtomatik tarzda o‘qish
uchun va mashina
yozuvidagi matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni
ShKga kirituvchi qurilma;
– sensorli ekranlar – ShK ga displey ekranidagi tasvirning
alohida elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga
mo‘ljallangan qurilma.
Chiqarish qurilmalariga
quyidagilar kiradi:
– printerlar – axborotni qog‘oz yoki plenkali tashuvchilarga
qayd qilish uchun mo‘ljallangan
bosmaga chiqarish
qurilmasi;
– grafik quruvchilar (plotterlar) – grafik axborotlarni (gra
fiklarni, chizmalarni va rasmlarni) ShKdan qog‘ozli
tashuv chilarga chiqarishga mo‘ljallangan qurilma.
ShK tarkibiga kiritish-chiqarish terminallari bilan bir
qatorda murakkab hisoblash tizimlari va tarmoq kompyuterlari
bilan bog‘lovchi (ulovchi) qurilmalarni kiritish ham mumkin.
1.1-rasmda bu turdagi ko‘p qo‘llanuvchi tarmoq adapteri
18
ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa qurilmalariga analog-
raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) va raqamli-analog o‘zgartirgich
(RAO‘), ma’lumot
uzatish multipleksorlari, modemlar, tarmoqdagi
o‘zaro aloqa standartlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan
interfeysli plata va kartalar kabi qurilmalar ham kiradi.
Yuqorida keltirilgan qurilmalarning ko‘pi multimediya ish
tartibini ta’minlovchi vositalar guruhiga tegishli.
Multimedia
– bu apparat va dasturiy vositalarning majmuasi
bo‘lib, insonga, muloqat uchun tabiiy bo‘lgan muhitlardan:
tovush, video, tasvir, animatsiyalardan foydalish yo‘li bilan
kompyuter orqali muloqot qilish imkonini beradi.
Multimediya vositalariga nutqli axborotni kiritish va chiqarish
qurilmalari; mikrofon va videokameralar, kuchaytirgichlar, ovoz
kolonkalari bilan akustik va videotasvir tizimlari,
katta video
ekranlar; tovush va videoadapterlar, videomagnitofondan yoki
videokameradan tasvirni qamrab oladigan va ShKga kiritadigan
videoqamrov platalari; hozirda keng
tarqalgan, bosma matnlar
va rasmlarni kompyuterga avtomatik tarzda kiritish imkonini
beruvchi skanerlar; nihoyat, tovushli
va video axborotlarni
yozish uchun qo‘llaniladigan, katta hajmli optik disklardagi
tashqi xotira qurilmalari kiradi.