• UO’K: 340.12(575.1)(075.3) KBK: 67.0(50’) D 14 Ismatova, Nargiza.
  • UO’K: 340.12(575.1)(075.3) ISBN 978-9943-5245-7-6 KBK: 67.0(50’)ya72 Mas’ul muharrirlar
  • Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag’lari hisobidan chop etildi. © N. Ismatova, O. Karimova, 2018. ISBN 978-9943-5245-7-6 © Yangiyul Poligraph Service, 2018.
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet1/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

    N. ISMATOVA, O. KARIMOVA

    DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI



    O’rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    1-nashr

    O’zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan

    Toshkent «Yangiyul Poligraph Service» 2018



    UO’K: 340.12(575.1)(075.3)

    KBK: 67.0(50’)

    D 14 Ismatova, Nargiza.

    Davlat va huquq asoslari: O’rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o’rta max- sus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / N. Ismatova, O. Karimova. - Birinchi nashr. - Toshkent.: Yangiyul Poligraph Service, 2018. - 144 b.

    UO’K: 340.12(575.1)(075.3) ISBN 978-9943-5245-7-6 KBK: 67.0(50’)ya72

    Mas’ul muharrirlar:

    M. Baratov — yuridik fanlari doktori, professor; B. Malikova — yuridik fanlari doktori, professor



    Taqrizchilar:

    1. Axrorov — yuridik fanlari doktori, professor;

    1. To’ychiyeva — yuridik fanlar nomzodi, dotsent;

    1. Tojiboyev — Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-o’rta umumta’lim maktabining «Davlat va huquq asoslari» fani o’qituvchisi.

    Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag’lari hisobidan chop etildi.

    © N. Ismatova, O. Karimova, 2018. ISBN 978-9943-5245-7-6 © Yangiyul Poligraph Service, 2018.

    Kirish

    Huquqiy ong va madaniyatni yanada yuksaltirish borasida ta’lim tizimi- da muhim vazifalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri mazkur sohaga oid darsliklarning yangi avlodini yaratishda ta’lim texnologiyalarining samara- li usullaridan foydalanishdan iborat. Darslikda berilgan savol va topshiriqlar, qo’shimcha ma’lumotlar, huquqiy masala (kazus)lar, atamalarning izohi, tarix- dan lavhalar aynan huquqiy ta’lim sohasidagi bilimlaringizni yanada boyitishga, huquqiy ong va tafakkuringizni kengaytirishga xizmat qilishga yo’naltirilgan. Bu soha shunday sohaki, jamiyat rivojlangani sari, qonunlar ham takomillashib boradi. Shuning uchun ham Siz faqat darslikda berilgan ma’lumotlar bilan cheklanmay, www.lex.uz sayti orqali qonun hujjatlaridagi o’zgarishlarni kuzatib borsangiz, dunyoqarashingiz yanada kengayadi, bu sohada yanada ko’proq bi- limlarga ega bo’lasiz.

    0’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu masalaga alohida e’ti- bor qaratib, qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    Aziz o’quvchi!

    Qo’lingizdagi darslik quyi sinflarda olgan bilimlaringizni davom ettiradi va to’ldiradi, huquqiy tafakkuringizni kengaytiradi. Madaniyatga ega bo’lish esa o’zingizning qo’lingizda.

    Qonunlarni bilmagan inson bugungi kunda o’z huquqlarini himoya qilol- maydi va majburiyatlarini anglamaydi. U hayotda biror qiyin ahvolga tushib qolganda, vaziyatdan qanday chiqib ketishni, muammoni qanday hal etish- ni bilmay, himoyasiz bo’lib qolishi mumkin. «Erkin bo’lish uchun qonunlarga bo’ysunish zarur», degan ekan Sitseron. Chunki, qonun ustuvorligi mamlakatda tinchlik-barqarorlik, erkinlik va demokratik tamoyillar hukm surishining kafola- tidir.

    Bu sohadagi bilimlaringizni mustahkamlashda va yuksak axloqiy qadriyat- lar bilan birga huquqiy madaniyatga ega bo’lishda sizlarga muvaffaqiyatlar ti- laymiz.



    Mualliflar.

    


    KIRISH

    \-S O’zbekiston Respublikasining —I Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi




    


    davlatning huquqiy asosi


    Davlat hokimiya- ti idoralarining vakolati, harakat

    doirasi inson va

    fuqarolarning huquq va erkin- liklari ko‘lami bilan cheklanadi. Ushbu fikrni 0‘zbekiston Res- publikasi Konsti- tutsiyasining 2, 13 va 14-mod- dalarida bayon etilgan qoidalarni

    o‘zaro bog‘lab

    tahlil etish orqali

    isbotlashga hara- kat qiling.

    Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi, suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlash- tiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi.

    Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o’rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi.

    Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konsti­tutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 0’z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas’uldirlar. Mazkur konstitutsiyaviy qoidalar mazmuni- dan inson va fuqarolar huquqlari hamda erkinliklarining ustunligi prinsipi kelib chiqadi. 0’zbekiston Respublika- si Konstitutsiyasi muqaddimasining asosiy mavzusi inson

    huquqlari bo’lib, xalqimiz va davlatimiz ana shu masalada inson huquqlariga sodiqligini e’lon qiladi.

    Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o’rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o’ziga xos ijti- moiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu- miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o’rtasidagi muno- sabatlarda o’zaro mas’ulligi g’oyasiga asoslanadi.


    0‘zbekiston Respublikasida 0‘zbekiston Res- publikasi Konsti- tutsiyasi va qonun- larining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning or- ganlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqa- rolar Konstitutsiya va qonunlarga mu- vofiq ish ko‘radilar.


    Download 1.47 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.