O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, 17-modda
Mazkur vaziyatda qanday yo’l tutgan ma’qul? Azizaning onasi: «Hali qizimiz yosh, oila qurishga tayyor emas», deganida nimani tushun- dingiz?
1.
2.
Sizningcha, odam qachon oila qurishga tayyor bo’ladi?
3.
Savol va topshiriqlar
-
0ila quradigan inson qanday mas’uliyatlarni zimmasiga olishi kerak?
-
0ila qurish uchun nimalarga ega bo’lish ke- rak?
-
Quyidagilardan qaysi biri bo’lmasa ham oila qurish mumkin: moddiy imkoniyatlar, ma’na- viy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, jismoniy (biologik) tayyorgarlik?
-
Sizningcha, oilada turmushning qiyinchilikla- ri ko’proq kimning zimmasiga tushadi? Fikringizni asoslang.
4>§ Er-xotinning shaxsiy huquq iva majburiyatlari
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Er -xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi.
0ilada er va xotinning teng huquqliligi.
Er va xotinning familiya tanlash huquqi. Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi.
Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro’yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va ular o’rtasida er-xo- tinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular o’rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalarigina bilan emas, balki qonunlar va huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda ayollar siyosiy jihatdan erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lganlaridek, oilada ham
Ijodiy faoliyat
-
Siz nima deb o’ylaysiz, oilada er va xotinning majburiyatlari tengmi?
-
«Oilada ayollarga nisbatan ko’proq huquq berilgan», degan fikrga qanday qaraysiz?
-
«0ilani boshqarishda erkak kishi ustun bo’lishi kerak», «0ilani aso- san erkak kishi ta’minlashi zarur, ayol kishi o’zi topgan mablag’ni o’z ehtiyojiga sarflasa bo’ladi», «Oilada kim ko’p mablag’ topsa, o’sha bosh bo’ladi», kabi fikrlarga o’z munosabatingizni bildiring.
0-
Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o’z xohishlariga ko’ra tasarruf etadilar.
0ila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirish- lari hamda o’z majburiyatlari- ni bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning huquqlari, erkin- liklari va qonu- niy manfaatlarini buzmasligi shart.
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 10-modda
barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda ular bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyat- larga egadirlar.
Er va xotinning familiya tanlash huquqi
Nikoh asosida ikki xil — shaxsiy va mulkiy munosabatlar kelib chiqadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarni hal etish, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi. Bunday holatlarda ularning mehnati va fuqarolik huquqi muomala layoqatining ele- menti bo’lib, oila huquqi sohasi hisoblanmaydi.
Nikohga kirish vaqtida o’z familiyasini o’zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu fami- liyada qolishga haqli yoxud sud tomonidan nikohdan ajratish to’g’risidagi qaror chiqarilayotganda uning xohishiga binoan unga nikohgacha bo’lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.
Er-xotinning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki va turmush masalalarini hal qilishi
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. 0ta-ona bolaning tarbiyasiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir qiladigan ha- rakatlarni bajarsalar, ota-onalik huquqidan mahrum eti- ladilar.
0ta-ona bolalar tarbiyasiga bir xilda mas’uldir- lar. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanish, man- faat ko’rish, har taraflama kamol topish, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida va bola ota-ona qaramog’idan
mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiya- lanishi huquqiy vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi. 0ta-onasi nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
0ta-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi, chunki ular o’z huquqi va majbu- riyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar. 0ta-ona na- faqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog’lom qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida ham bir xil majburiyatga egadirlar.
Nikoh yoshi turli davlatlarda turli- cha belgilangan. Masalan, Bolga- riyada har ikki jins vakillariga ham - 18 yosh, Angli- yada - 16 yosh, AQShda - 16 yosh- dan 21 yoshgacha, Fransiya va Ven- griyada erkaklar uchun - 18 yosh, ayollar uchun - 16 yoshdir.
Rossiya Federatsi- yasida belgilangan nikoh yoshini (18) ikki yosh- ga kamaytirish vakolati qonun- da ko‘rsatilgan tegishli idoralarga berilgan.
Afsuski, ba’zida ota-onalar o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadilar. Bolalarga shafqatsiz mu- nosabatda bo’ladilar, ularni tahqirlaydilar, ichkilik yoki giyohvandlik moddalari iste’moliga surunkali beri- ladilar yoki boshqa amallari bilan ota-onalik huquqi- ni suiiste’mol qiladilar. Bunday hollar aniqlangudek bo’lsa, ular sud qaroriga asosan ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. 0ta-ona huquqidan mahrum qilishga doir ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko’rib chiqiladi.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to’g’risi- dagi ishlarni ko’rib chiqishda bolani moddiy juhatdan ta’minlash uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilin- gan ota-onadan (yoki ularning biridan) aliment undirish haqida qaror qabul qiladi.
Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan hol- da ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to’g’risida hal qi- luv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.
-
vaziyat.
Gulnoza bilan Anvar turmush qurish uchun fuqa- rolik holatlarini qayd etish organiga ariza berishdi. Gulnoza o’zining familiyasida qolmoqchi bo’ldi. Anvar Gulnozaning bu fikridan qaytarishga urindi, ammo Gulnoza o’z fikrida turib oldi.
Ota-onaning bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va maj- buriyatlari
Оta-ona o‘z bolalarini tarbi- yalash huquqiga ega va tarbi- yalashi shart. 0ta-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun
javobgardir.
Ular o‘z bolala- rining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axlo- qiy kamoloti haqi- da g‘amxo‘rlik qilishlari shart. 0ta-ona o‘z bolalarini tarbi- yalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega...
Oila kodeksining
73-moddasidan
Savol: Gulnoza turmushga chiqqanida o’z familiyasida qolishi mumkinmi? Yoki aksincha Anvar Gulnozaning famiyalisini qabul qilishi mumkinmi?
-
vaziyat.
Bir yildan so’ng ularning oilasida farzand dunyo- ga keldi. Ular farzandiga bobosining ismini familiya qilib berishga qaror f qilishdi. Endi ularning oilasida uch xil familiya.
V
J
Topshiriq: Bu ho- ^ latga qonuniy baho bering.
Savol va topshiriqlar
-
Er-xotin huquq va majburiyatlari nimalarni o’z ichiga oladi?
-
Er-xotin huquq va majburiyatlari qachondan boshlab vujudga keladi?
-
0ta-ona huquqidan mahrum qilishga doir ishlar kimlarning ishtirokida ko’rib chiqiladi? Fikringizni asoslang.
-
Voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy va- kili kimlar bo’lishi mumkin va nima uchun?
5_§ Er-xotinning mulkiy ihuquq va majburiyatlari
Er va xotinning umumiy mulki.
Er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi
va uni tasarruf etishi.
Er va xotinlardan har birining mulki.
Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lish.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lishda ulushlarni aniqlash.
Er va xotinning umumiy mulki
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning umumiy mablag’lari hisobiga olin- gan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa, ularning birgalik- dagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) ulardan har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natija- laridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo’ljallanmagan boshqa pul to’lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo’lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo’qot- ganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tar- zida to’langan summalar va boshqalar) kiradi.
Er va xotinning umumiy daromadlari hisobi- ga olingan ko’chimli va ko’chmas ashyolar, qimmatli qog’ozlar, omonatlar, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag’lari kim- ning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo’lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Er va xotindan biri uy-ro’zg’or ishlarini yuritish, bo- lalarni parvarish qilish bilan band bo’lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko’ra mustaqil ish haqi va boshqa daro- madga ega bo’lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo’ladi.
|