• 66-moddasi
  • modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash
  • O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet15/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28

    O‘zbekiston

    Respublikasi

    Konsti-

    tutsiyasining

    66-moddasi



    




    1. modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash

    Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo’lgan ota-onani yoki ular­ning o’rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to’lamasligi, — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz olt- mish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilga­cha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

    Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish



    Bu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan shaxsning normal, axloqiy rivojlanishi, uning sog’lig’i hamda ja- moat xavfsizligi va tartibi hisoblanadi.

    Voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish deganda, voya- ga yetgan shaxsning voyaga yetmagan shaxsni yuqorida nomi aytilgan ichimliklar, vosita va moddalarni bir ne- cha marta iste’mol qilishga o’rgatish yoki ularni voyaga yetmaganlar uchun bir necha marta olinishi va voyaga yetmagan shaxsni aldash, mehmon qilish, ko’ndirish kabi yo’llar bilan shu predmetlarni iste’mol qilishga un- dashga qaratilgan harakatlarini tushunish zarur.


    Tilamchilik qilish deganda, voyaga yetma- gan shaxsni begona shaxs- lardan pul, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va h.k. tilab, so‘rab olishga jalb qilishni tushunmoq zarur.

    Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb etish degan­da voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jismoniy zo’rlikni qo’llash yoki unga ruhiy tazyiq o’tkazish, qo’rqitish, pul berib og’dirish, avrash, aldash, o’ch olish, hasad, rashk tuyg’ularini va boshqa salbiy niyatlarini qo’zg’atish, ji­noyat sodir etishni taklif qilish, o’g’irlangan narsalarni




    


    sotib olish yoki sotib berishni va’da qilish, jinoyatni sodir etish joyi va usullari yoki jinoyat izlarini yashirish haqi- da maslahatlar berish yo’li bilan uning bir yoki bir nech- ta jinoyatlarning sodir etilishida ishtirok etish niyatini rag’batlantirishga qaratilgan harakatlar va jinoyatni sodir etishga og’dirish maqsadida voyaga yetmagan shaxslar bilan spirtli ichimliklar ichilishini tushunish zarur.




    





    Download 1.47 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.