|
N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari
|
bet | 13/28 | Sana | 23.12.2019 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #4660 |
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi,
31-modda
Jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o’tkazilishiga to’sqinlik qi- lishda ifodalanadi. Vijdon erkinligi diniy faoliyatning faqat qonun doirasida amalga oshirilishidir.
Voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, diniy tashkilot faoliyatida ishtirok etishga ko’ndirishga qaratilgan qilmish sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi.
Qonunga xilof ravishda diniy ta’limotga o’qitish de- ganda voyaga yetmagan shaxslarga ularning xohishiga qarshi, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs- larning xohish-irodasiga qarshi din to’g’risidagi bilimlar- ni singdirishning har xil ko’rinishlarini tushunish lozim.
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o’tkazish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolarning erkin ovoz berish huquqi, saylovlar yoki referendumlarni tashkil etish, o’tkazishning belgi- langan tartibiga qarshi harakat yoki harakatsizlikdir.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tka- zish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va tako- millashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi...
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32-moddasidan
Jinoyat:
ovoz berishning yashirinligini buzishga;
saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilash- tirishga;
saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar ki- ritishga;
saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o’tkazish vaqtida berilgan ovozlarni ataylab no- to’g’ri hisoblashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi.
Jinoyatning saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o’tkazishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxs, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqa- rish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar, saylov komissiyalari yoxud referendum komissiyalarining a’zolari tomonidan sodir etilishi mumkin.
Tenglik hukm surganjoyda sotqin, aldam- chi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish
Jinoyat obyekti - insonning saylash yoki saylanish, saylovoldi tashviqotini olib borish, referendumni o’tka- zishda ishtirok etish, saylovoldi tashviqot olib borish, nomzod shaxs ishonchli vakillarining o’z vakolatlarini
VI-VII boblarida berilgan moddalarni o’qing.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qism
Ushbu jinoyatlar subyektlarini va subyektiv tomonlarini aniqlang.
Mazkur jinoyatlarning obyektlari va obyektiv tomonlarini aniqlang.
Ushbu boblarda ko’rsatilgan jinoyatlarning oldini olish uchun qanday choralar ko’rish kerak deb o’ylaysiz?
Jinoyat sodir etmaslik uchun shaxsning huquqiy ongi yoki huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi kerakmi? Javobingizni asoslang.
amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy muno- sabatlardir. Jinoyat zo’rlik ishlatish, qo’rqitish, aldash yoki og’dirib olish yo’li bilan fuqarolarning o’z saylash huquqlarini erkin amalga oshirishlariga to’sqinlik qilishda yoki deputatlikka yoxud O’zbekiston Respublikasi Pre- zidentligiga nomzodning ishonchli vakillari o’z vakolatla- rini amalga oshirishigato’sqinlik qilishda ifodalanadi.
Mehnat qilish huquqini buzish
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlangan.
Ijodiy faoliyat
Berilgan vaziyatlardan inson sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi ji- noyatlarni ajrating.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga asoslanib, mazkur jinoyatlarning subyektlarini aniqlang.
Jinoyatlar sodir etilishining subyektiv tomonlarini aniqlang.
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tez- kor surishtiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, Buxoro tuma- ni, Gulshanobod QFYda yashovchi, 1969-yilda tug’ilgan, muqaddam sudlangan F.N. Kogon shahri, Istiqlol MFYda yashovchi fuqaro N.G’. hamda Shofirkon tumani, Qalmaqon QFYda yashovchi, muqaddam sudlangan G.Y.larni Tailand davlatida behayolik orqali mo’may daro- mad orttirishi mumkinligini bildirgan holda qiziqtirib, chet davlatga bo- rishi, ya’ni uyerdayeb-ichish hamda ijaraga turishi uchun qilinadigan sarf-xarajatlarning hammasini o’zi ko’tarishini aytgan.
Tuman vakillik organlariga saylov oldi targ’ibot-tashviqot ishla- rini olib borayotgan N.ning ishonchli vakillari Gulobod mahallasidagi fuqarolarga N. ga ovoz berishlari evaziga turli oziq-ovqat mahsulotla- rini ulashdi. Tuman vakillik organiga o’z nomzodini qo’ygan X. N. ning bu harakatlaridan norozi bo’lib, sudga shikoyat qildi.
Voyaga yetmagan shaxslar Internet tarmog’i orqali sinfdoshlari haqida bo’xton ma’lumotlarni joylashtirib, ma’naviy zararyetkazdilar.
Asosiy qonunning 37-moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sha- roitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ish- sizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo’yilgan.
Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning Konstitut- siya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi hisoblanadi. Jinoyatning subyekti ishga qabul qilish yoki ishdan bo’shatish huquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lishi mumkin.
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foy- dalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyat- ning madaniy, ilmiy va texnika- viy rivojlanishi- ga g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 42-mod- dasidan
Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish
Fuqaroning intellektual mulkini himoya qilishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqi, xususan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqining buzilishidir.
Jinoyat mualliflik huquqini o’zlashtirib olish, ham- mualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro’yxatdan o’tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilinishida ifodalanadi.
Savol va topshiriqlar
Fuqarolarning turar-joy daxlsizligini buzgan- lik uchun javobgarlikka tortishning shartlari nimalarda ifodalanadi?
Fuqarolarning xususiy hayoti to’g’risidagi axborotni tarqatish jinoiy javobgarlikka asos bo’ladimi? Fikringizni asoslang.
Saylov huquqini yoki ishonchli vakil vakolat- larini amalga oshirishga to’sqinlik qilish ha- rakatlari nimalarda ifodalanadi?
Voyaga yetmagan 16 yoshli shaxs birovning xatini so’roqsiz o’qigani va mazmunini do’st- lariga gapirib berganligi uchun javobgarlik mavjud bo’ladimi?
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz: 
§ Oilaga, yoshlarga va axloqqa 1 qarshi jinoyatlar
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash.
Ota -onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash.
Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-ha- rakatlarga jalb qilish.
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash
Ushbu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarning manfaatlari, ya’ni ularning sog’lig’i, normal jismoniy rivojlanishi uchun sudning hal qiluv qarori yoki buyrug’iga muvofiq mab- lag’ olish huquqiga ega shaxslarning moddiy ta’minoti hisoblanadi.
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgun- lariga qadar boqish va tarbi- yalashga majbur- dirlar.
|
| |