• Mazkur vaziyatda jinoyat obyektini aniqlang.
  • Jismoniy shaxs- larning javob- garligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 17-modda
  • Jinoyat tarkibining to’rtinchi elementi ji-




    Download 1.47 Mb.
    bet10/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28

    Jinoyat tarkibining to’rtinchi elementi ji-

    noyatning subyektiv tomonidir. Jinoyatning subyektiv tomoni shaxsning sodir etayotgan jinoyatiga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Subyektiv tomon belgila- riga ayb, motiv va maqsad kiradi.



    Jinoyat tarkibi deb topilishi uchun ko’rsatib o’til- gan to’rtta elementning barchasi mavjud bo’lishi shart.

    Umumiy jinoyat tarkibida barcha belgilar asosiy va fakultativ belgilarga ajratiladi.

    Huquq tarixidan

    «Jinoyat» tushunchasi ilk marotaba G’ar- biy Yevropa davlatlarining jinoyat to’g’risidagi qonun hujjatlarida keltirilgan. Bu tushuncha bi- rinchi marotaba Fransiyaning 1791 -yildagi Ji- noyat kodeksida uchraydi.



    Jinoyat huquqi tarixida jinoyatga ta’rifni bi- rinchi marta 1919-yilda Rossiya qonunshunoslari berishdi: «Jinoyat — jinoyat huquqi bilan qo’riq- lanadigan ijtimoiy munosabatlar tartibining buzi- lishidir».

    Jinoyatning subyektiv tomoni faqat ayb shaklla- ri, ya’ni qasd va ehtiyotsizlik bilan cheklanib qolmay- di, u motiv va maqsadlarni ham o’z ichiga oladi. Lekin subyektiv tomonning ajralmas belgilari bo’lmish qasd va ehtiyotsizlikdan farqli o’laroq, motiv va maqsad ik- kinchi darajali belgilarga kiradi.

    Jinoyat sodir etgan shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunga qaramay, uni sodir etishni istagan bo’lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
    Barcha ji- noyatlarning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqla- nadigan ijtimoiy munosabatlar- ning umumiy yig‘indisidan iborat bo‘la- di. Umumiy obyekt hamma jinoyatlar uchun birdir, sababi har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi.

    Jinoyat qonunchiligida to’g’ri yoki egri qasd degan tushunchalar mavjud. Shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning oqibatlariga ko’zi yet- gan va ularning yuz berishidan bosh tortmagan bo’lsa, bunday jinoyat to’g’ri qasddan sodir etilgan deyiladi.

    Agar shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xusu­siyatini anglagan, uning oqibatlariga ko’zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’ygan bo’lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. O’z-o’ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish — ehtiyotsizlik tu­fayli sodir etilgan jinoyat deb topiladi.


    Ijodiy faoliyat

    Mazkur vaziyatda jinoyat obyektini aniqlang.

    Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Ko’kterak» qishlog’i fuqa­rolar yig’ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan no- ma’lum shaxs bostirib kirdi. Shu vaqtda uyda yolg’iz bo’lgan xonadon egasining qizini pichoq bilan qo’rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zar- garlik buyumlarini olib ketdi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ush- bu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug’ilgan A.N. qo’lga olindi. Unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.



    O’zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

    Qilmishda Jinoyat kodeksda nazarda tutilgan alo- matlar rasmiy jihatdan mavjud bo’lsa-da, lekin u ijti­moiy xavfli, g’ayriqonuniy yoki aybli bo’lmasa, qil- mishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. Ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mu- dofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog’ida zarar yetkazish; buyruq yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan asosli tavakkalchilik; jis- moniy yoki ruhiy majburlash yohud qo’rqitish natijasi- da qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.

    Savol va topshiriqlar
    Subyektiv to-

    monning maz- munida jinoyat motivi va maq- sadlari alohida o‘rin tutadi. Motiv va u bilan bog‘liq maqsad aybdor shaxs xatti-harakatini boshqaruvchi butun irodaviy jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsata- di. Shaxs uchun u sodir etgan qilmish qanday ma’no va ahami- yatga ega ekanli- gi aynan motivga bog‘liq.


    1. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan qaysi ji- hatlari bilan ajralib turadi?

    2. Jinoyat belgilarini tushuntirib bering.

    3. Aybli qilmish deganda nimani tushunasiz?

    4. To’g’ri va egri qasd deganda nimani tushun- dingiz?

    5. Quyida berilgan vaziyatlarda jinoyat alomat- lari bormi? Ulardan qaysi biri ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan?

    1. Noma’lum shaxs eshigi ochiq holda qoldiril- gan VAZ-21099 avtomashinasini haydab qochgan.

    2. Bir qiz ishdan qaytayotgan paytda noma’lum shaxs qo’lidagi sumkani yulib olib qochgan. Sumka ichi- da esa oziq-ovqatlar va uyali telefon bo’lgan.

    3. Xususiy korxonaga qarashli kopiklangan po- lietilen ishlab chiqarish sexidayong’in sodir bo’layot- ganligi haqida habar kelib tushgan. Yong’inni o’chi- rish vaqtida xususiy korxona ishchisining jasadi topilgan. Yong’inni bartaraf etishga 19 ta yong’inni o’chirish texnikasi jalb etilgan.

    Jinoyatni har doim aniq jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuning uchun ham jinoyat sodir etgan shaxs ji­noyatning subyekti deb tan olinadi. Jinoyat subyekti - ning yo’qligi jinoyat tarkibi va jinoyatning o’zi mavjud emasligini bildiradi.
    Jinoiy oqibat deganda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida ji- noiy-huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar (ziyon) yetkazish tushuniladi.

    9Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi

    Jinoyatga oid qonunlarda subyektga nisbatan ayb- dor, mahkum, jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxs kabi tushunchalar ishla- tiladi.

    Yuridik shaxslar, ya’ni tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari jinoyat subyek­ti bo’la olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy xavfli harakat davlat korxonasi, muassasa, tashkilot va jamoat bir- lashmalarida xizmat yoki ishlab chiqarish faoliyati bi­lan bog’liq holda sodir etilsa, mazkur vazifaga mas’ul bo’lgan tegishli mansabdor shaxslar yoki boshqa xiz- matchilar jinoyat subyektiga aylanadi.
    Jinoyat huquqiga oid munosa- bat bu jinoyat huquqi normalari orqali tartibga solinadigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs va davlat orasidagi munosabatdir.

    Jinoyat subyektining aqli raso bo’lishi shart, ya’ni u o’z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xusu- siyatini anglagan bo’lishi va ularni boshqara olishi shart.

    Aqli rasolik ayb va jinoiy javobgarlikning zaruriy shartidir. Faqat o’z harakati yoki harakatsizligining ij­timoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxslar, aybdorni tuzatish maqsadida, jinoiy ja- vobgarlikka tortiladi.

    Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy javobgar­lik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy bel- gilaridan biri hisoblanadi.



    Qonunda yosh chegarasi aniq tartibga solinganligi jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug’ilgan yilini) to’g’ri belgilash zaruratini tug’diradi. Bu zarurat Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd etilgan.
    Jismoniy shaxs- larning javob- garligi

    Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs­lar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradi- gan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-modda- ning ikkinchi qismi) uchungi- na javobgarlikka tortiladilar...

    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 17-modda

    Jinoyat kodeksida mustahkamlangan fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prin- sipning takrori bo’lmay, balki uning joriy etilishidir.

    Jinoyat kodeksiga binoan ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyatda ish- tirokchilik avvaldan til biriktirish, qasddan sodir etish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi.

    Jinoyat qonunida to’rt turdagi jinoyat ishtirokchila- ri farqlanadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Mazkur turlarni ajratish asosiga obyektiv me- zon qo’yilgan bo’lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir etishda ishtirok etish darajasi va xususiyati bilan bog’liq.

    Jinoyatni bajaruvchilar deb: a) bevosita o’zlari to’liq yoki qisman jinoyat sodir etgan shaxslar; b) bevosita o’zlari jinoyat sodir etmagan, biroq shu maqsadda ji­noyat qonunlariga muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortili- shi mumkin bo’lmagan shaxslardan foydalangan shaxs­lar tan olinadi.

    Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlik­ka tortish mumkin bo’lmagan yoki ehtiyotsizlik yoxud aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan shaxs sodir etilgan jinoyatning ishti- rokchisi deb tan olinadi.

    Jinoyatga tayyorgarlik ko’rishga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.

    Jinoyat sodir etishda rahbarlik qilish bajaruvchilar va hamkor bajaruvchilar kuchini bevosita jinoiy qilmishni bajarishga yo’naltirish bo’yicha faoliyatni bildiradi.



    Dalolatchilik boshqa shaxsni jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyatda ishtirok etishga undashda o’z aksini to- padi. Undash dalolatchining boshqa shaxslarda jinoyat sodir etishda ishtirok etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish ishtiyoqini shakllantirishga qaratilgan faol va tashabbuskor xatti-harakatidan iborat.
    Jinoyatning sub­yekti deb jinoyat qonunida ko‘rsa- tilgan, ijtimoiy xavfli harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan, ma’lum yoshga to‘lgan, aqli raso, alohida hollarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli normalarida ko‘rsatilgan maxsus belgilar- ga ega bo‘lgan jismoniy shaxsga aytiladi.

    Jinoyatni sodir etishda ko’maklashgan shaxs yordamchi hisoblanadi.

    Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo’llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburiy chorasidir.

    Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy fao­liyatni davom ettirishiga to’sqinlik qilish hamda mah- kum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.



    Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o’n olti yoshga to’lmagan shaxslarga, homi- lador ayollarga, uch yoshga to’lmagan bolalari bor ayol- larga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O’zbekiston Res- publikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo’llanilmaydi. Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
    Tug‘ilgan kuni- ning ertasi soat 00:00 dan bosh- lab shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hisoblanadi.

    Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o’n yilgacha muddatga tayinla­nadi.

    O’n uch yoshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar maj-

    muyi tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko’p muddati o’n yilgacha, agar sodir et­gan jinoyatlarining bittasi o’ta og’ir jinoyat bo’lsa, o’n ikki yilgacha tayinlanadi.

    O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmuyi tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o’n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatla­rining bittasi o’ta og’ir jinoyat bo’lsa, o’n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
    Jinoyat sodir etishga qiziqti- ruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.

    Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jis- moniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maq- sadini ko‘zla- maydi.

    Jinoyat sodir etish paytida o’n uch yoshdan o’n sak­kiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qi­lish jazosining muddati o’n besh yildan oshmasligi ke- rak.



    Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish payti­da o’n uch yoshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxs­larga nisbatan og’ir jinoyat uchun — olti yilgacha, o’ta og’ir jinoyat uchun — o’n yilgacha muddatga tayinlana­di.

    Huquq tarixidan





    Shu yilning o’zida mahalla fuqarolari yig’inlari kafilligi asosida - 152 nafar, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida - 18 nafar, xotin-qizlar qo’mitalari ka­filligi asosida - 3 nafar, jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda jamoatchilik kafilligi e’tiborga olindi. Bu fuqarolarning 38 nafarini yoshlar,

    1. nafarini voyaga yetmaganlar, 11 nafarini ayollar tashkil etadi. Masalan, birgina Shayxontohur tumanida 15 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlashda mahalla fuqarolar yig’inlarining kafilligi e’tiborga olindi.


    Download 1.47 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinoyat tarkibining to’rtinchi elementi ji-

    Download 1.47 Mb.