• Muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog’ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi.
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasining 93-moddasiga binoan afv faqat Prezident tomonidan e’lon qilinadi.
  • Afvni qo’llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo’ladi.
  • Amnistiya aktini qo’llashda hech qanday ilti- mosnoma talab etilmaydi.
  • Afvni qo’llash qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, Buning uchun yana alohida bosqichlardan o’tish shart emas.
  • Savollar
  • Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan




    Download 1.47 Mb.
    bet11/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan

    tantanali marosimdagi nutqidan

    Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan og’ir jinoyat uchun — yetti yilgacha, o’ta og’ir jinoyat uchun — o’n yilgacha muddatga tayinlanadi.

    Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish ta- riqasidagi jazo tayinlanmaydi.
    Jarima aybdor- dan davlat daro- madiga qonunda belgilangan miqdorda pul undirishdir.


    Hukm chiqarish paytida o’n sakkiz yoshga to’lma- gan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazo- sini tarbiya koloniyalarida o’tash tayinlanadi.

    Savol va topshiriqlar

    Berilgan vaziyatlarni o’qing va jinoyat ishti- rokchilarini aniqlang.



    1. N.B. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning mobil telefonini qo’lidan tortib olib qochganini ma’lum qildi. Ko’rilgan chora- lar natijasida ushbu jinoyatni N. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo’lga olindi.
      Majburiy ja- moat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini baja- rishga majburiy tarzda jalb qilish.


    2. Noma’lum shaxs tadbirkor U.X.ga qo’ng’iroq qilib, undan katta miqdorda pul va 6 ta qopda un mahsulotini qarzga olgan. U tez orada bu unni bir korxonaga sotishi va qarzni qaytarib berishini bildirgan. Ammo na pulni, na unni qaytargan. U.X. bu haqda ichki ishlar or- ganlarini xabardor qilgach, ko’rilgan chora- lar natijasida ushbu jinoyatni Q. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo’lga olingan.

    O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotlari asosida

    Qo’shimcha ma’lumot uchun




    T/r

    Afv

    Amnistiya

    1.

    Muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog’ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi.

    Amnistiya aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e’lon qilinadi. Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo’lmaydi.

    2

    Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlan- gan mahkumlarga e’lon qilinadi

    Amnistiya jinoyat jarayonining istalgan bos- qichida - dastlabki tergov, surishtiruv, tergov- ga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo’zg’atishgacha bo’lgan bosqichda ham qo’lla- nilishi mumkin.

    3

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasining 93-moddasiga binoan afv faqat Prezident tomonidan e’lon qilinadi.

    Amnistiya akti Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan e’lon qilinadi.

    4

    Afvni qo’llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo’ladi.

    Afvni qo’llash masalasini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo’yicha maxsus komis- siya hal qiladi.

    Amnistiya aktini qo’llashda hech qanday ilti- mosnoma talab etilmaydi.

    Amnistiya aktlarini qo’llash masalasi huquq- ni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan ko’rib chiqiladi. 2008-yildan boshlab, amnistiya ak­tini qo’llashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qo’yilgan.

    _ - -

    Xalqaro e’tirof


    O’zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro’yxatida



    1. o’rinni egalladi. Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xavf- sizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar bo’yi- cha so’rovnomalar o’tkazilib, baholandi. Mamlakatlar 100 ball tizimi- da baholandi. Ro’yxatning 1-o’rnini 97 ball bilan Singapur egalladi. O’zbekiston 95 ball bilan 2-o’rinda joylashdi. Islandiya 92 ball bilan

    2. o’rinda. Dunyoning eng xavfli mamlakati deb esa Venesuela e’lon qilindi.

    T/r




    Afv

    Amnistiya

    5

    Afvni qo’llash qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, Buning uchun yana alohida bosqichlardan o’tish shart emas.

    Amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga qo’llash masalasini hal qilish uzoqqa cho’ziladi va ko’plab tashkiliy jarayonni o’z ichiga oladi.

    6

    Afv huquqiy oqibatlari kamroq bo’ladi. Bular:

    1. asosiy va ijro etilmagan qo’shimcha jazodan to’liq yoki qisman ozod etiladi;

    2. jazodan muddatdan ilgari shartli ravishda ozod etiladi;

    3. umrbod ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa o’talmagan jazoni nisbatan yengilroq jazo bilan almashtiriladi;

    4. sudlanganlik olib tashlanadi.

    Amnistiya aktining huquqiy oqibatlari kengroq bo’ladi:

    1. shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

    2. mahkum asosiy va ijro etilmagan qo’shimcha jazodan ozod etiladi;

    3. mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qo’shimcha jazo qisqartiriladi (ka- maytiriladi);

    4. mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi;

    5. mahkumga tayinlangan jazoning o’talmagan qismi yengilrog’i bilan almashtiriladi;

    6. jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanadi.



    Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing va to’ldi- ring. Amnistiya va afvning asosiy farqlari bo’yicha sa- vollarga javob bering.
    Odamgarchiligi bor mard ki­shi o‘zidan va o‘ziniki ekan- ligiga hech kim tortishib o‘tir- maydigan nar- sadan boshqasiga egalik qilmaydi.


    Savollar

    Avf

    Amnistiya

    Kim qabul qiladi?







    Kimlarni qamrab oladi?







    Kimlarga qo’llanadi?







    Kechirim hujjatining tashabbuskori kim bo’ladi?







    Shaxsiy omillar (tavsif) qarorga ta’sir qiladimi?









    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    1. Fuqarolarning Konstitutsiya с va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan 11 huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar


    • Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar.

    • Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xa- barlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibi.

    • Fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishning huquqiy oqibati.

    Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarga:

    • odam savdosi,

    • ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to’sqinlik qilish,

    • odam o’g’rilash,

    • zo’rlik ishlatib g’ayriqonuniy ravishda ozodlik- dan mahrum qilish,

    • tuhmat,

    • haqorat qilish kiradi.

    Ushbu jinoyatlarning obyekti shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Jinoyatlar to’g’ri qasd bilan amalga oshiriladi.

    Odam savdosi bugungi kunda eng global muam- molardan biriga aylanib ulgurdi. Odam savdosi odamni olish-sotish yoxud undan foydalanish maqsadida yol- lash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda



    namoyon bo’ladi. Bunda odamlarni o’g’irlash zo’rlik ishlatish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo’llash orqali amal- ga oshiriladi.

    Jinoyat shaxsning hayoti va sog’lig’i daxlsizligi- ni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan sodir etiladi. Jinoyat boylik orttirish va boshqa g’arazli maq- sadlarda aldash yo’li bilan odam savdosini amalga oshi- rishda ifodalanadi.


    Odamlarni ekspluatatsiya qilish - boshqa shaxslardan o‘z niyatiga ko‘ra foydalanish yoki jinsiy majbur- lashning turlari, majburiy mehnat yoki xizmat- lar, qulchilik, erkidan mahrum qilish yoki inson a’zo-to‘qimalari- ning transplan- tatsiyasi hisobla­nadi.

    Odam savdosiga odam oldi-sotdisi, ya’ni uni sotuv- chiga berilgan ma’lum miqdordagi pul mablag’i yoki boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ix- tiyoriga topshirish kiradi.

    Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to’sqinlik qilish

    Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish, ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o’g’rilash, shuningdek, ayolning erga te­gishiga to’sqinlik qilish ham jinoyat sanaladi.



    Mazkur jinoyatning sodir etilish motivi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.


    


    Barcha odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun bilan teng himoyal anish huquqiga egadirlar. Shu munosabat bilan har xil kamsitishlar qonun yo’li bilan man etilishi va qonun barcha shaxslarga bi- ron-bir belgi bo’yicha, aytaylik, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy mavqeyi, tug’ilishi yoki boshqa sharoitlar bo’yicha kamsitishlarga qarshi teng va sa- marali himoyani kafolatlashi lozim.




    Download 1.47 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan

    Download 1.47 Mb.