• O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 1.47 Mb.
    bet19/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28

    Yusuf Xos Hojib

    Yolg’on vositachi, ya’ni mansabdor shaxsga pora berish zarurligini ro’kach qilib, birorta odamdan pora olgan, biroq aldash yo’li bilan uni o’zlashtirgan shaxs firibgarlik uchun javobgarlikka tortiladi. Pora bergan shaxsning harakatlari pora berishga suiqasd sifatida kva- lifikatsiya qilinadi.

    Pora berish orqali harakat yoki harakatsizlikka eri- shish uchun boshqa shaxsga pora taklif etgan shaxs pora beruvchi sifatida javobgarlikka tortiladi. Pora evaziga ma’lum harakatlarni bajarishga kelishgan shaxs va pora-

    ni topshirgan shaxs pora berishda ishtirokchilar sifatida javobgarlikka tortiladi.



    Pora oluvchi va beruvchidan farqli ravishda, vo- sitachi moddiy qimmatliklar va boshqalar evaziga o’z manfaatlari yo’lida mansabdor shaxs bilan bir harakat- ni bajarish yoki bajarmaslik uchun harakat qilmay- di, balki faqatgina pora oluvchi ko’rsatmasi bilan pora predmetini bevosita beradi. Pora olish-berishni tashkil etuvchi shaxs, dalolatchilik yoki yordamchilik qilib, bir vaqtning o’zida vositachilik qilsa, pora bergan yoki ol- ganlikda ishtirokchilik qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
    Pora - pora beruvchi manfaat- larida muayyan harakatlar sodir etish uchun beril- gan g‘ayriqonuniy mukofot bo‘lib hisoblanadi.

    Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab mavqeyi- dan foydalanish deganda nafaqat mansabdor shaxs vakolatiga kiradi- gan harakatlarni sodir etish, balki pora beruvchi manfaatlarida boshqa mansab- dor shaxslarga ta’sir etish orqali ularning vako­latlaridan foy- dalangan holda muayyan harakat- lar sodir etish ham tushuniladi.

    Subyektiv tomondan jinoyat to’g’ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor uning harakatlari pora olish-berish haqi- dagi kelishuvga erishish hamda pora oluvchi va beruv- chining topshirig’i bilan pora berishga yo’naltirilganli- gini biladi hamda buni xohlaydi.



    Savol va topshiriqlar

    1. Mansabdor shaxsning o’z vakolatlaridan qo- nunga xilof tarzda foydalanishi qanday hara- katlarda ifodalanadi?

    2. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan mansab vakolati­ni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-taroj qilish ji- noyati o’rtasida qanday farqlar bor?

    3. Pora berish va pora olishning qanday umu- miy tomonlari mavjud?

    4. Pora berishning xizmatchini pora evaziga og’dirishdan farqi nimada?

    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    1. § Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar


    • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish.

    • Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epide- miyaga qarshi kurash qoidalarini buzish.
      Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish texnika xavfsizligi, sa- noat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilish- ning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi tushu- niladi.


    • Yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish.

    Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish

    Ushbu jinoyatning obyekti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ishlayotgan shaxslarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

    Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda nafaqat doi- miy, shu bilan birga vaqtincha ishlayotgan shaxslar ham jabrlanuvchi bo’lishlari mumkin.

    Jinoyat obyektiv tomondan o’rtacha yoki og’ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo’lgan:



    • texnika xavfsizligi;

    • sanoat sanitariyasi;

    • mehnatni muhofaza qiluvchi boshqa qoidalar- ning buzilishidan iboratdir.




    

    Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.



    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

    37-moddasi




    Subyektiv tomondan jinoyat aybning qasd yoki eh- tiyotsizlik shakllari orqali sodir etiladi.

    Jinoyatni sodir etish motivi va undan ko’zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.

    Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish



    Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog’lig’idir.

    Obyektiv tomondan jinoyat odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan: sanitariyaga oid qonun hujjatlarini; epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishda ifodalanadi.

    Ijodiy faoliyat

    Berilgan vaziyatlarni diqqat bilan o’qing va mavzu bilan bog’lang.

    Voqealarning oldini olish uchun nima qilish kerak edi?



    1. Farg’ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro Sh. A.ning uyi- da maishiy gaz ballonidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yong’in sodir bo’lib, uyning 100 kv. metr maydonidagi tomi, shift qis- mi va uy jihozlari yonib zararlangan.

    2. Namangan viloyatining Namangan shahrida haydovchi Sh.Q. bosh- qaruvida bo’lgan GAZ-53 rusumli yuk avtomobilining gaz jihozlari no- sozligi natijasida yong’in sodir bo’lgan. Yong’in oqibatida haydovchi Sh.Q. vayo’lovchi B.Q. tanjarohati olib, kasalxonagajoylashtirilgan.

    3. Toshkent viloyatida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli lak-bo’yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidayong’in sodir bo’ldi.

    4. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro S.T.ning molxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong’in sodir bo’lib, molxonaning 30 kv. metr hamda qo’shni xonadonning 90 kv. metr maydonida tom qismlari yonib zararlangan.

    J»7

    Ushbu modda dispozitsiyasi blanketli bo’lib, har bir holda sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiya- ga qarshi kurash qoidalarining qaysi bandi buzilganligi alohida aniqlanishi lozim.



    Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyot­sizlik natijasida sodir etiladi.
    

    Ommaviy ka-

    sallanish degan­da ma’lum bir hududdagi ko‘p sonli kishilarning ma’lum bir vaqt ichida kasallani- shini tushunish zarur.

    Yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish

    Jinoyatning obyekti yong’in xavfsizligi, ya’ni odamlarning, jamoat va davlat mulkining yong’indan muhofaza qilinganlik holati hisoblanadi.

    Obyektiv tomondan jinoyat yong’in xavfsizligi qoi­dalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo’lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o’rtacha yoki og’ir shikast yetkazilishiga olib kelishida ifodalanadi.




    Savol va topshiriqlar
    Yong‘in xavfsiz- ligi qoidalari - yong‘inning oldini olishga qaratilgan talab- lar, me’yorlar va standartlarga rioya qilish tar- tibini belgilovchi muayyan qoida- lar majmuyi.


    1. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

    2. Ommaviy kasallanish deganda nimalar nazar­da tutiladi? Fikringizni tasdiqlash uchun mi- sollar keltiring.

    3. Yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoya- tining subyektiv tomonlarini tushuntiring.

    4. Mehnatni muhofaza qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini, epidemiyaga qarshi ku­rash, yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish ji- noyatlari qanday hollarda qasddan sodir etil­gan hisoblanadi?

    1. § Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar


    




    Axborotdan erkin foydalanish huquqi. Axborotlashtirish qoidalarini buzish. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish.

    Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalar- ni o’tkazish maqsadini ko’zlab tayyorlash yoxud o’tkazish va tarqatish.


    O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkin­ligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunini diqqat bilan o‘qib chiqing va undagi «axborot erkinli- gi» tushunchasiga e’tibor qarating.

    Axborot - inson o‘z sezgi organ- lari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmua- si demak.

    Axborotdan erkin foydalanish huquqi

    Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoq- da. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog’liq bo’lmagan biror bir tarmog’i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib bo- rayotgan hozirgi dunyoda fuqarolarning yangi sharoit- larga moslashishlariga ko’maklashish, ularga bo’layot- gan voqealar, jarayonlar, hodisalar to’g’risida axborot berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlari o’rtasida samarali mu- nosabatlar tizimini o’rnatishga sharoit yaratishda, eng avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish bilan bog’liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Axborot nafaqat muayyan ma’lumotlardan ibo­rat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balki



    subyektning o’zi o’rganayotgan obyekt bilan o’zaro aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim.

    XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda ta- biiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo’la boshladi.
    Axborotdan er­kin foydalanish huquqi inson- ning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday axborotni olish, saqlash, tarqa- tish, yangilash mumkin bo‘lgan harakatlarning fundamental hamda komp- leks huquqidir. Tabiiyki, bunday holat boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkaz- masligi zarur.

    Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda», «qancha», degan so’zlar bilan boshlanuvchi savollarga javob ko’rinishida ifoda etiladi.




    


    Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tu- zumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgi­langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir...




    Download 1.47 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 1.47 Mb.