• O’zbekiston Respublikasining
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasidan
  • 23-modda. Aybsizlik
  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protses- sual kodeksidan
  • O‘zbekiston Respublikasining
  • Abu Ali ibn Sino
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 13-mod- dasidan




    Download 1.47 Mb.
    bet27/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 13-mod- dasidan

    *

    *

    1. Jinoyat-protsessual

    2. § qonun hujjatlari



    Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip- larining protsessual qonunchilikda e’tirof etilishi. Aybsizlik prezumpsiyasi.
    *

    *


    Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protses- sual va Jinoyat protsessual kodekslari.

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi protsessual huquqning asosiy manbayi



    Jinoyat-protsessual huquq — sudda ishlarning yu- ritilishi, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxs- larning huquqlarini nazarda tutadi. Protsessual huquq O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bel­gilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi.

    Protsessual huquqlar demokratik xarakterda bo’lib, da’vo va nizolarni, huquqbuzarlik, shu jumladan, ji-

    0-

    Jinoyat sodir etganlikda aybla- nayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisob- lanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’min- lab beriladi...

    O’zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    26-modda

    noyat ishlarining tez va to’g’ri tekshirilishi, asosli, qo- nuniy va odilona hal qilinishini kafolatlaydi.

    Protsessual huquq yuridik shaxslarning manfaatlari- ni himoyalashga ham xizmat qiladi. Jinoyat ishida gu- mon qilinuvchi shaxs va ayblanuvchining tegishli eng muhim protsessual huquqi himoyalanish va himoya- chining yordamidan foydalanishdan iborat.

    Umumqabul qilingan xalqaro huquq prinsiplarining protsessual qonun hujjatlarida e’tirof etilishi



    Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’min- lovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-de- kabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi. Mazkur Pakt 5 qism, 53 moddani o’z ichiga oladi.

    Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqa­ro Pakt birinchi navbatda barcha fuqarolarning siyosiy huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlab beradi.

    Mazkur Paktning 14-moddasi uchinchi qismi hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qi- lish to’g’risidagi Yevropa Konvensiyasining 6-moddasi


    Xalqaro huquq

    Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo’lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir.

    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasidan

    uchunchi qismiga muvofiq jinoyat sodir etishda aybla- nayotgan shaxsning sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining bu huquqi ado- latning asosiy kafolatlaridan birini o’zida ifodalay- di. Sud tomonidan jinoyat ishining qo’shimcha tergov o’tkazish uchun qaytarilishi esa ushbu kafolatga ziddir.

    Aybsizlik prezumpsiyasi
    23-modda.

    Aybsizlik

    prezumpsiyasi

    Gumon qilinuv- chi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etish- da aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangun- ga qadar aybsiz hisoblanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protses- sual kodeksidan


    Aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra aybdorning ji­noyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha u aybsiz deb hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyatda aybdorligi qonunda nazar­da tutilgan tartibda isbotlangunga va sud hukmi bilan qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsizdir. U o’zining aybsizligini isbotlashi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imko- niyati bo’lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo’llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham ayb- lanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinadi.

    Xalqaro huquq

    Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari

    Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifala­ri jinoyatlarni tez va to’la ochishdan, jinoyat sodir et­gan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo’lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to’g’ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir.
    Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, man­sabdor shaxslar, jamoat bir- lashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatla- nadi.

    O‘zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    44-modda


    Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibi qonuniylikni mustah- kamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qil- mog’i lozim.

    Jinoyat protsessi — protsess ishtirokchilarining muayyan jinoyat protsessual faoliyati hamda shu fao- liyatga tegishli bo’lgan huquqiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.

    Jinoyat protsessining vazifalari — jinoyatlarni ochish, aybdorlarni adolatli jazolash, shuningdek bosh­qa jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni qonuniylikka rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat.

    Jinoyat protsessining ajralmas xususiyatini uning huquqiy tabiati — mazkur faoliyat va tegishli ijtimoiy munosabatlarning qonun jihatdan qat’iy tartibga solishi tashkil etadi.

    Jinoyat protsessual qonuni muayyan protsessual harakatlarni rasmiylashtiradigan tegishli hujjatlar: su- rishtiruv va dastlabki tergov bosqichida — qarorlar va bayonnomalar, sud muhokamasi bosqichida — ajrimlar, hukmlar va boshqalarni nazarda tutadi.

    Savol va topshiriqlar



    Mashinasida shifoxona eshigigacha kelgan Sh. ismli shaxs orqa o’rin- diqda o’tirgan, boshidan qon sizib chiqayotgan, kiymlari chang, oyoq-qo’li shilingan, o’zi bemajol 10 yoshlardagi bir qizchani dast ko’tarib oldi-da, yugurganicha qabulxonaga shoshildi. Yoshi qirqlardan oshgan o’rta bo’yli vrachning: «Nima bo’ldi?»deb bergan savoliga: «Bilmayman, ko’chadan shu ahvolda topdim»,deb javob berdi. Vrach qizchani ko’zdan kechirib, hamshiraga uni zudlik bilan rentgen xonasiga olib borishni buyurdi.

    O’zi esa Sh. ismli shaxsdan voqea tafsilotini so’rab, navbatchilik dafta- riga qayd etib borarkan: «Hammangiz shunaqa deysiz. Qilg’ilikni qilgandan keyin javobini ham berish kerak-da, uka!deb qo’ydi.Biz ichki ishlar organlariga xabar beramiz. Mana bu yerga imzo qo’ying. Mashinangiz va telefoningiz raqamini yozishni unutmang. Hech qayerga ketib qolmang, men qizchadan xabar olaman».

    Vrach qizchaning oldidan qaytganida Sh. ismli shaxs allaqachon ketib ulgurgan edi. «Bu bola g’irt jinoyatchi ekan-ku, qochib ketdi»,degan fikr o’tdi vrachning ko’nglidan. Shu payt eshikdan ichki ishlar xodimlari kirib kelishdi. Ular bir odam mashina urib ketgan qizchani bu yerga olib kel- ganligi haqida xabar berganini aytishdi. Voqea joyidagi video yozuvidan aniqlanishicha, «Lasetti» rusumli oq mashina qizchani urib, voqea joyidan yashiringan. Orqasidan kelayotgan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi esa qizchani kasalxonaga olib kelgan. Ichki ishlar xodimlari oq «Lasetti» egasi- ni topishganini ham aytib o’tishdi. Vrach begunoh yigitni asossiz ayblagani uchun tilini tishlab qoldi.

    1. Voqea ishtirokchilariga o’z munosabatingizni bildiring.

    2. Sh. ismli shaxsni jinoyatchi deyish mumkinmi?

    3. Oq rangli «Lasetti» haydovchisini-chi?

    4. Vrach to’g’ri ish qildimi?

    5. Bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi buzilganmi? Fikringizni asoslang.

    1. § Jinoyat protsessi ishtirokchilari


    




    Jinoyat protsessi ishtirokchilari.
    Jinoyat protsessi quyidagilar bilan tavsiflanadi- gan bir nechta bosqichlardan iboratdir:

    1. jinoyat protsessining umumiy vazi- falaridan kelib chiqadigan o‘zining alohida vazifalari bilan;

    2. ishtirok- chilarning alohi- da tarkibi bilan;

    1. bu ishtirok- chilarning o‘ziga xos harakatlari va huquqiy mu- nosabatlari bilan;

    2. bu faoliyatga yakun yasaladi- gan o‘ziga xos hujjatlar bilan.


    Protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar.

    Jinoyat protsessida surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishi- ni yuritishda jamoalar va ularning vakillari ham ishtirok etishi mumkin.

    Shuningdek, jinoyat protsessida o’z manfaatlari­ni himoya qiladigan shaxslar, himoyachilar va vakillar ishtirok etadi. Bularga ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaro- viy javobgar, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari kiradi.

    Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sifatida guvoh, guvohning advokati, ekspert, mutaxas- sis, tarjimon, xolislarni olishimiz mumkin.

    O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual ko­deksida jinoyat protsessida ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari alohida qayd etilgan.

    Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahat- chisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritish­da ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:

    1. u shu ish bo’yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vo- gar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabr­lanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok et­gan bo’lsa;

    2. u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo’lgan biror mansabdor shaxsning yoki Jinoyat protsessual kodeks- ning 76-moddasi birinchi qismining 1-bandida ko’rsatil- gan o’zga shaxslarning qarindoshi bo’lsa;
      O‘ylab ko‘ring- chi, jinoyat protsessining bosqichlari bir-biridan keyin qat’iy ketma-ket- lik bilan amalga oshirilsa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?


    3. uning xolisligiga va beg’arazligiga shubha tug’di- radigan boshqa holatlar mavjud bo’lsa.

    Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisi- ning kotibi sifatida ishtirok etgan bo’lsa, o’sha ishni kel- gusida ko’rishda qatnasha olmaydi. Birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni ko’rishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin o’sha ishni ko’rishda ishtirok eta ol­maydi.
    Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi- ning 76, 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.



    Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko’rish- da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida ko’rishda ishtirok eta olmaydi.

    Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko’rish- da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi ins­tansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazo­rat tartibida ko’rishda ishtirok eta olmaydi.

    Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko’rish- da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi ins­tansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazo­rat tartibida ko’rishda ishtirok eta olmaydi.
    Xijolat va tortinchoqlik qayg‘u va yo- monlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan inson o‘zining o‘tmi- shi, hozirgi pay- ti va kelajakdagi mavqeyi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini o‘zi koyiydi.

    Abu Ali ibn Sino


    Jinoyat ishini nazorat tartibida ko’rishda ishtirok et­gan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellat­siya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko’rishda ishti­rok eta olmaydi.

    Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o’z protsessual majburiyatini bajari­shi, basharti, ushbu ish qo’shimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan ko’rish uchun yuborilgan bo’lsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuri- tishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi.


    


    Savol va topshiriqlar



    1. Tezkor ma’lumotni o’rganish maqsadida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi, 1979-yilda tug’ilgan M.A.ning yashash xonadoni tekshirilganda qurilishi bitmagan uyidan qog’oz parchasiga o’ralgan, og’irligi 326,5 g bo’lgan giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

    2. 2018-yilning 16-fevral kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent viloyati sudida A.T. hamda uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotganlar ustidan navbatdagi sud majlisi bo’lib o’tdi.

    Sud majlisida jinoiy ish bo’yicha sudlanuvchilar o’zlarining so’nggi so’zlarini aytishdi. Ular Jinoyat kodeksi 177-moddasi 3-qismining «a» va «b» bandi, 188-moddasi, 189-moddasi, 190-moddasi 2-qismining «a» va «v» bandlarida ko’zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblandilar.

    1. Mazkur jinoyatlar jinoyat protsessining qaysi bosqichida hisoblanadi?

    2. Ular qaysi bosqichlardan o’tib bo’lgan?

    3. Jinoyat protsessida qaysi shaxslar ishtirok etgan deb o’ylaysiz? Fikringizni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining moddalari asosida asoslang.

    4. Ushbu jinoyat protsessida o’z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslarni ajratib ko’rsating.

    5. Qanday hollarda sudya, shuningdek, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilishi lozim?

    6. Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko’rishda ishtirok etgan sudya shu masala bo’yicha qaysi instansiya sudlarida ishtirok eta olmaydi?

    1. § Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar


    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

    • Dalillar va isbot qilinishi lozim bo’lgan holatlar. Dalillar va ularning turlari.
      Isbot qilish
      ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyat- ga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risi- dagi haqiqatni aniqlash maq- sadida dalillarni to‘plash, tek- shirish va baho- lashdan iboratdir.


    • Isbot qilishning umumiy shartlari.

    • So’ roq qilish va uning tartibi.

    • Voyaga yetmagan shaxsni so’roq qilish tartibi, aybni e’lon qilish shartlari.

    Dalillar va isbot qilinishi lozim bo’lgan holatlar

    Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz berganmi yoki yo’qligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning ayb-

    1. aybsizligini va ishni to’g’ri hal qilish uchun aha- miyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo’ladigan har qanday haqiqiy ma’lu­motlar jinoyat ishi bo’yicha dalil hisoblanadi.

    Bu ma’lumotlar guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko’rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat ma- teriallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
    Ma’lumotlar va narsalar tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina ular- dan dalil sifati- da foydalanish mumkin.


    Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda o’tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Ji­noyat protsessual kodeks normalariga muvofiq tekshiril- ganidan va baholanganidan so’ng jinoyat ishi bo’yicha dalillar deb e’tirof etilishi mumkin.

    ...Protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan:

    jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo’llagan holda;

    gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga bo’lgan huquqini, shuningdek, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini buzgan holda;

    jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxsga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalg’itgan holda;

    mazkur jinoyat ishi bo’yicha ish yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo’lmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni o’tkazish oqibatida;

    noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishi bo’yicha ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo’lmagan manbadan;

    dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmuyi bilan o’z tasdig’ini topmagan ko’rsatuvlaridan;

    mavjud dalillar majmuyi bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan ko’rsatuvlaridan olingan hamda tegishli ravishda yuridik kuchga ega bo’lmagan ma’lumotlardan jinoyat ishlari bo’yicha dalil sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmasin.


    Download 1.47 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 13-mod- dasidan

    Download 1.47 Mb.