|
N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari
|
bet | 24/28 | Sana | 23.12.2019 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #4660 |
IT У1
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun
javobgarligi o’n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
yagona soliq to’lovi;
yagona yer solig’i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Soliq yoki boshqa majburiy to’lov to’g’risidagi qonun hujjatlarida uni to’lovchilar, shuningdek uni hi- soblab chiqish va to’lash uchun zarur elementlar bel- gilab qo’yilgan taqdirdagina ushbu soliq yoki to’lov belgilangan deb hisoblanadi.
Qonun qudratli, biroq ehtiyoj
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda soliq yoki boshqa majburiy to’lov belgilanayotganda soliq to’g’ri- sidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to’lovchi tomonidan qo’llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
yanada kuchliroq Gyote
Soliq to’lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to’lovga tatbiqan belgilanadi.
Soliq huquqi munosabatlari quyidagi xususiyatlarga
Soliq sohasidagi huquqiy munosabatlar - soliq huquqi me’yor- lari bilan tartibga solingan ijtimoiy moliyaviy muno- sabatlar bo‘lib, bu munosabatlar soliqlarni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxs- lardan, soliq to‘lovchilarning boshqa toifalari- dan soliqlarni undirish jarayo- nida yuzaga keladi.
ega:
birinchidan, soliqlarni va boshqa majburiy to’lov- larni o’rnatish va undirishga qaratilgan davlat faoliyati jarayonida yuzaga keladi;
ikkinchidan, maqsadli tizimga ega, ya’ni soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarning tizimi ma’lum bir maq- sadga - soliqlarni o’rnatish va undirishga qaratilgan;
uchinchidan, ma’lum bir subyektlar o’rtasida bo’la- digan aniq aloqalarni tartibga soladi;
to’rtinchidan, davlatning majburlov kuchi bilan himoya qilinadi, ya’ni soliq qonunlari buzilganda davlatning majburlov choralari harakatga keladi.
Savol va topshiriqlar
Davlat krediti
|
| |