• Markazlashgan daromadlar
  • Davlatning markazlashtiril- magan daro- madlariga
  • A. Smit
  • Davlat daro- madlari - bu




    Download 1.47 Mb.
    bet23/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

    Davlat daro- madlari - bu

    davlatning ijti- moiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, mamla- kat mudofaasi va xavfsizligini, shuningdek, davlat organ- lari faoliyatini ta’minlash bo‘yi- cha masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan moliya bazasini yaratishga qara- tilgan mamlakat milliy daromadi- ning bir qismi.


    Soliqlar tushunchasi va funksiyalari.

    Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning ele- mentlari.

    Davlat o’z oldida turgan vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi uchun ma’lum bir moliyaviy resurslar- ga ega bo’lishi lozim. Shu sababli turli pul to’lovlari va ajratmalar ko’rinishidagi mamlakat milliy daromadining bir qismi uning ehtiyojlariga yo’naltiriladi.

    Natijada u o’z daromadlariga, ya’ni davlat daro- madlariga ega bo’ladi. Bu daromad davlat egaligida bo’lib, tegishli davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf qilinadi.

    Davlat daromadlarining manbasi va tizimi, shuning­dek ulardan har birining ahamiyati davlat iqtisodiy tizi- miga bog’liq bo’ladi.

    Davlat daromadlari yagona tizimdan iborat bo’lib, uning elementlari pul mablag’lari ayrim turlarining muayyan majmuyini tashkil etadi. Davlat daromadla­rining yagona tizimi shu bilan izohlanadiki, amaldagi qonun hujjatlari davlat tomonidan o’zining barcha da­romadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan pul mablag’larining aynan bir turini belgilaydi.

    Davlat daromadlarining yagona tizimi ular mohiya- tining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan belgi- larga qarab har xil turlar bo’yicha tasniflanadi.

    Shakllanish va foydalanish tartibiga qarab barcha davlat daromadlari markazlashtirilgan va markazlashti- rilmagan daromadlarga bo’linadi.

    Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin korxonalar olgan foyda va ular ixtiyorida bo’lgan boshqa daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin.
    т ■

    Markazlashgan

    daromadlar

    deganda yago- na umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni mam- lakatning davlat byudjetiga kelib tushadigan moli- yaviy resurslar tushuniladi.


    Davlat daromadlari va ular o’rtasida yuzaga keladi- gan munosabatlar qonun hujjatlari me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qo- nunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.

    Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko’ra, respublika va mahalliy daromadlarga bo’linadi.

    Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga ko’ra soliq to’lovlari va soliqsiz tushumlarga bo’linadi.

    Soliqlarga majburiy lik va individual qaytarib ber- maslik xususiyatlari xosdir.
    Davlatning markazlashtiril- magan daro- madlariga

    davlat korxo- nalarining daro- madlari kirib, bu daromadlar qonunlarda belgilangan tartibda korxo- nalar ixtiyoriga kelib tushadi va ular tomonidan mustaqil ravish­da ishlab chiqa- rish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladi.


    Soliqsiz to’lovlar majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Majburiy soliqsiz to’lovlar davlat tomonidan ma’lum bir yuridik ahamiyatli xizmatlarni ko’rsatish, bir faoliyat bilan shug’ullanish huquqini berish orqali undiriladi. Bunday to’lovlarda ikki tomon ham huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.

    Davlat daromadlari to’plash usuliga ko’ra majburiy to’lovlar va ixtiyoriy to’lovlarga bo’linadi.

    Davlat va mahalliy organlarning ixtiyoriga ke­lib tushadigan daromadlarning katta qismini majbu­riy to’lovlar tashkil qiladi. Bularga soliqlar, bojxona va boshqa to’lovlar, turli xildagi jarimalar va moliyaviy sanksiyalar kiradi.

    Ixtiyoriy to’lovlar esa lotereya o’yinlari o’tkazish- dan, turli aksiyalardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan, davlat qimmatli qog’ozlarini sotish- dan tashkil topadi.

    Mulkka bo’lgan munosabatni hisobga olgan hol- da, daromadlarni qaytarib berilmaydigan daromadlarga, vaqtincha foydalaniladigan va qaytarib beriladigan da­romadlarga bo’lish mumkin. Masalan, soliqlar, bojlar, yig’imlar, davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan to’lovlar va boshqa majburiy to’lovlar qay­tarib bermaslik sharti bilan davlat daromadlariga to’pla- nadi hamda davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki hisoblanadi.

    Vaqtincha foydalaniladigan daromadlar esa davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadiga kiri- tilmagan bo’lib, ular obligatsiyalar, zayomlarni tarqa- tishdan, banklar tomonidan byudjetdan tashqari mab- lag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlardan hosil bo’ladigan daromadlar va boshqalar.
    «Iqtisodiy bilim asoslari» darslarida olgan bilimlaringizga tayanib, «bevosita soliq» va «bilvosita soliq» tushunchalariga ta’rif bering.


    Davlat byudjetida to’planadigan markazlashtirilgan daromadlar mamlakat xarajatlarini qoplanishining aso­siy manbayi hisoblanadi, ular bevosita va bilvosita so­liqlar asosida shakllantiriladi.
    Soliqlar ularni to‘lovchi shaxslar uchun qullik emas, balki ozodlik alomatidir.

    A. Smit,

    soliq solish nazariyasining asoschisi

    Soliqlar tushunchasi va funksiyalari



    Davlatning eng muhim belgilaridan biri unda soliqlar- ning joriy qilinganligidir. Moliya huquqining huquqiy in- stitutlaridan biri soliq huquqi bo’lib, u soliq to’lovlarini jo­riy etish va undirib olish vaqtida yuzaga keladi.

    O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.

    Soliqlarga quyidagilar kiradi:

    yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; qo’shilgan qiymat solig’i;

    • aksiz solig’i;

    • yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

    • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
      Soliqlar davlat hokimiyatining ajralmas qismlari bo‘lgan armiya, sud, davlat ap- parati faoliyatini hamda davlat- ning boshqa ehtiyojlarini moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur.


    • mol-mulk solig’i;

    • yer solig’i;

    • benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

    Boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar:

    9 yagona ijtimoiy to’lov;

    9 byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta badallari;

    9 davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar;

    9 Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

    • davlat boji;
      Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyi- dagilardir:

      9 soliq solish obyekti;

      9 soliq solina­digan baza;

      9 stavka;

      9 hisoblab chi- qarish tartibi; 9 soliq davri;

      9 soliq hisobo- tini taqdim etish tartibi;

      9 to‘lash tartibi.


    • bojxona to’lovlari;

    • ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.


    



    Yurtimiz hududida Soliq kodeksida belgilangan hol- larda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tarti- bida quyidagi soliqlar to’lanilishi mumkin:
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 1.47 Mb.